Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Xushxabar: O‘zbekiston 2025 yilgi yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi

Xushxabar: O‘zbekiston 2025 yilgi yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi

Baho:
+1 | -

2020 yil 7 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025 yilda O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

Ma’lumki, Osiyo Olimpiya kengashining 2019 yil 28 sentyabr kuni Qatarning Doxa shahrida bo‘lib o‘tgan 73-Ijroqo‘mi yig‘ilishida Toshkent shahrida 2025 yil yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga rozilik bildirish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.

Qarorga muvofiq, mazkur nufuzli musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi huzurida “Toshkent–2025” yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi hamda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Shuningdek, ilg‘or davlatlar tajribasidan kelib chiqib, Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq vazifalarni tizimli amalga oshirish maqsadida davlat muassasasi shaklidagi “Toshkent–2025” yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish direksiyasi tuziladi.

Direksiya zimmasiga O‘zbekistonda Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha Osiyo Olimpiya kengashi bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida shartnomalar, kelishuvlar, memorandumlar va kafolat xatlarini imzolash tadbirlarini tashkil etish, Osiyo Olimpiya kengashi va sport turlari bo‘yicha Osiyo sport federasiyalari (uyushmalari) bilan o‘zaro hamkorlik qilish, yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning bosh rejasini tuzish, Osiyo o‘yinlari dasturini hamda milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqib, Toshkent–2025 Osiyo o‘yinlarining logotipini ishlab chiqish, musobaqani yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar hamda uning doirasida ko‘rgazmalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarini o‘tkazish, mavjud infratuzilmalar quvvatini tahlil qilish asosida Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan sport inshootlari va boshqa ob’ektlarni Osiyo Olimpiya kengashi va xalqaro sport federasiyalari talablariga muvofiq tayyorlash, zarur bo‘ladigan sport, tibbiy, texnik va boshqa jihozlar bilan ta’minlash, televizion ko‘rsatuvlarni taqdim etish va texnik tayyorgarlik, efirga uzatish huquqlari himoyasi, o‘yinlar, uning tantanali ochilish hamda yopilish marosimlariga tayyorgarlik ko‘rish, Osiyo o‘yinlari g‘oyalari va qadriyatlarini targ‘ib etishga qaratilgan reklama tadbirlarini o‘tkazish, axborot bilan ta’minlash, marketing dasturlarini amalga oshirish, Osiyo o‘yinlariga homiylarni jalb qilish, tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida OAV orqali, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritilishini tashkil etish kabi vazifalar yuklatilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 13:05, 10.08.2020.
O'qildi: 7697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.