Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Sancho seriali hali davom etadimi?

Sancho seriali hali davom etadimi?

Baho:
+ | -

Jeydon Sancho «Borussiya» bilan mavsumoldi yig‘inlarga jo‘nab ketdi.

Boshqa bir kontekstda bu oddiy voqea katta xulosani - Sancho bu yozda «Yunayted»ga o‘tmasligini bildiradiki, barcha yoza boshladi. Zero, avvalroq nemis klubi rahbari transfer uchun dedlayn 10-avgust ekani, shundan keyin futbolchi sotilmasligini ma’lum qilgandi.

Menimcha, bu hali hech narsani anglatmaydi va Sancho seriali to amalga oshguncha yoki oktyabrgacha davom etadi.

Birinchidan, bu kabi katta transferlarni amalga oshirish oson emas. Mashhur insayder Fabrisio Romano ham Sanchoning yig‘inga ketishi hech narsani anglatmasligini aytdi. Shuningdek, ilk bor shu dedlayn haqida xabarlar tarqalganda, Vudvord keskin e’tiroz qilgan va haqiqiy dedlayn, ya’ni 5 oktyabrgacha imkoniyat bo‘lishini, boshqa muddatlar sun’iy ekanini aytgandi.

Ikkinchidan, xo‘sh, Dortmund tarafidan qaraganda ham, hali davom etayotgan muzokaralar chog‘ida, Sanchoni qoldirib ketish nimani anglatardi? Transfer har qanaqasiga sodir bo‘lishini tan olib, hozir «MYU»ga o‘tib ketmaydimi?

«Yunayted» uchun ham shoshilish vaqti emas. Agar oddiy yoz bo‘lganida, xuddi Maguayr transferi bilan bo‘lganidek, klub mavsumoldi yig‘inlardan oldin futbolchini qo‘lga kiritishga urinish mazmunga ega, deyilardi. Hozir esa, klub Yevropa Ligasida qatnashmoqda. Shu holatda Sanchoni qo‘shib olib, jamoaga xalaqit bergandan, futbolchi Dortmund bilan shug‘ullanib turishi ma’qulroqdek.

Sulsherga aynan zarur pozisiya uchun Sancho kerak, demak, qandaydir o‘n millionni deb, transferdan voz kechishmaydi. «Manchester Yunayted» bu sharoitda katta pul sarflay oladigan yagona klub, nega raqobatchilar yo‘q paytda qamchini bosmaslik kerak!

«Borussiya» esa, pandemiya paytida, bu pulga hech kimga Sanchoni sotolmaydi. Ha, yana bir yilga Sancho qolishi mumkin, lekin unda — a) hayotdan xafa Sanchoni xursand qilish uchun maoshni ko‘tarib berish kerak; b) kelasi yili Sanchoga top-klublar navbati hosil bo‘lishi hali aniqmas. Sanchoning narxi tushishi yoki Grinvud o‘ynab ketib, Dortmund jiddiy xaridoridan ayrilishi mumkin.

Har ikki klub bir-birining «qo‘lini» juda yaxshi ko‘rib turibdi va yana blef qilib qo‘yishyapti. Yakunda transfer sodir bo‘lmasligi uchun faqat bir sabab bor — tomonlar bir-biridan jahli chiqib, prinsipga borishlari. Bugungi biznes davrida bunga ishonish qiyin.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 21:07, 10.08.2020.
O'qildi: 6139 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.