Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

«Fiorentina» va uning xo‘jayini haqida

«Fiorentina» va uning xo‘jayini haqida

Baho:
+ | -

"Bloomberg Billionaires Index"ga ko‘ra, "Fiorentina" sohibi Rokko Kommisso "A Seriya" klublariga egalik qiluvchilar ichida eng badavlati ekan, u bu ro‘yxatda "Inter"ga egalik qiluvchi "Suning Group" rahbari Chjan Szindonni ortda qoldirgan.

Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra futbol klublari xo‘jayinlari ichida eng badavlati "Real Ovyedo" egasi Karlos Slim. Uning boyligi 45 milliard AQSH dollaridan ortiq. Undan keyingi o‘rinlarda 38 milliard dollari bilan "Renn" xo‘jayini Fransua Pino va boyligi salkam 16 milliardni tashkil etuvchi "Chelsi" sohibi Roman Abramovich.

Rokko Kommissoning umumiy boyligi 9 milliard dollar atrofida baholangan. U "A Seriya"ning eng badavlati bo‘lgani holda, umumiy reytingda 7-o‘rinda.

"Suning Group" rahbari Chjan Szindon umumiy reytingda 9-o‘rinda, "A Seriya"da esa ikkinchi. Umumiy boyligi 7,52 milliard dollar.

"Milan" klubi sobiq xo‘jayini Silvio Berluskoni 7 milliardi bilan umumiy reytingda o‘ninchi pog‘onada. U hozirda egalik qiluvchi "Monsa" klubi esa endigina "B Seriya"ga chiqdi.

"Yuventus" rahbari Andrea Anyelli va "Milan"ning hozirgi egasi "Elliott Management" boshlig‘i Pol Zinger esa dunyoning eng boy 500 odami ro‘yxatiga kira olishmagan.

Manba: https://t.me/beneamatauz
Kiritildi: 22:12, 10.08.2020.
O'qildi: 3354 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик