Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Yevropa ligasi. Dastlabki yarim finalchi aniq bo‘ldi

Yevropa ligasi. Dastlabki yarim finalchi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yevropa ligasining chorak final bosqichi doirasida bugundan o‘rin olgan 2ta o‘yindan bittasi 90 daqiqadan so‘ng yakunlandi. "Inter" Germaniyaning "Bayer" klubi bilan to‘qnash kelib, raqibni mag‘lub etdi.

Birinchi bo‘lim gollarga boy bo‘ldi. Bahsning 15-daqiqasida Barella hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib Lukaku farqni 2taga oshirdi. Uchrashuvning 24-daqiqasida leverkuzenliklar Kay Xaversning goli evaziga tezda bir marta javob qaytarishdi. Ammo qolgan daqiqalarda "Bayer"ning hisobni tenglashtirish uchun qilgan urinishlari samara keltirmadi.

Shu tariqa, "Inter" Yevropa ligasining dastlabki yarim finalchisiga aylandi.

Yevropa ligasi, chorak final
Inter Italiya – Bayer Germaniya 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 15 Barella, 2:0 – 21 Lukaku, 2:1 – 24 Xaverts.
Inter – Xandanovich, Yang, de Vrey, Bastoni (Shkrinyar, 84), D`Ambrozio (Mozes, 59), Barella, Galyardini (Eriksen, 59), Brozovich, Godin, Lukaku, Martines (Sanches, 64).
Bayer – Gradeski, Ta, Tapsoba, Sinkgraven (Vendell, 68), Bender (Belarabi, 85), Xaverts, Palasios (Beyli, 59), Baumgartlinger (Amiri, 68), Demirbay, Diabi, Folland (Alario, 85).
Ogohlantirishlar: D`Ambrozio (31), Sinkgraven (43), Bender (48), Eriksen (85), Tapsoba (87), Barella (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:12, 11.08.2020.
O'qildi: 5689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик