Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

OCHL: «Paxtakor»ning ikki raqibi chempionatdagi ishtirokini davom ettirmoqda

OCHL: «Paxtakor»ning ikki raqibi chempionatdagi ishtirokini davom ettirmoqda

Baho:
+ | -

«Paxtakor» 14 sentyabrdan Chempionlar Ligasi guruh bosqichida o‘yinlarni davom ettiradi.

Guruhimizdan o‘rin olgan ikki jamoa — "Al-Hilol" va "Shahr Xodro" klublari o‘z chempionatlarida mavsumni davom ettirishmoqda. Bir necha oylik tanaffusdan so‘ng Saudiya Arabistoni hamda Eron chempionatlari davom etib, mavsum yakuniga yaqinlashib kelishmoqda. "Al-Hilol" Saudiya Arabistoni chempionati tugashiga 6 tur qolganda ta’qibchisi "Nassr"ni 9 ochkoga ortda qoldirgan holda chempionlikka juda yaqinlashib qoldi. So‘nggi o‘yinda bu jamoa "Fateh"ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Saudiyada chempionat 9 sentyabr kuni nihoyasiga yetishi mo‘ljallanmoqda.

"Shahr Hodro" jamoasi esa avvalgi turda "Istiqlol" bilan uchrashuvda 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Mashhadliklar 28 bahsda 45 ochko to‘plab, mavsum tugashiga ikki tur qolganda  6-pog‘onadan o‘rin egallashgan.

BAAda esa 13 mart kuni o‘tkazilgan 19-tur bellashuvlaridan keyin futbol uchrashuvlari g‘oliblar e’lon qilinmagan holda to‘xtatib qo‘yilgan. Yangi mavsum 3 sentyabrda Liga Kubogi, 9 sentyabrda BAA chempionati bilan start olishi rejalashtirilgan. "Shabab Al Ahli" hozircha mart oyidan beri rasmiy o‘yinlarda maydonga tushgani yo‘q.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 20:43, 12.08.2020.
O'qildi: 3782 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик