Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Atalanta» – «PSJ» uchrashuvidan so‘ng Neymar nimalar dedi?

«Atalanta» – «PSJ» uchrashuvidan so‘ng Neymar nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Tunda bo‘lib o‘tgan “Atalanta” va PSJ jamaolari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng, ikki klub murabbiylari va o‘yin qahramonlari uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tomas Tuxel:

“Hammasi qandaydir 149 soniyada o‘zgarib ketdi. Barchasi tarixdan o‘rin olishiga ishonchim komil. Sababi, biz Yevropa chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib keldik. Sizg‘a g‘alati eshitilishi mumkin, biroq o‘yinning 75 daqiqasidayoq jamoaning g‘alaba qozonishiga ishonch hosil qilgan edim. Istalgan daqiqada gol kiritishimiz mumkin ekanligini his etib turdik. Ikkinchi bo‘lib boshida, o‘z yordamchimga gol kiritsak, hammasi o‘zgarib ketishini aytgan edim. Aslida ham shunday bo‘lib chiqdik. Ajoyib o‘yin bilan musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldik. Biz bunga loyiqmiz! Endi, yarim finaldagi raqibimiz nomini bilib olishimiz lozim. Bugungi dramatik o‘yin yarim final oldidan bizga qo‘shimcha kuch berishi turgan gap”.

Gasperrini:

“Eng achinarlisi shundaki, biz g‘alabaga juda yaqin kelgan edik. Mavsumni juda yaxshi o‘tkazganimizdan xursandmiz, biroq tarix yaratashimiz mumkin edi. Shu o‘rinda, yigitlarimga bu mavsum uchun minaddorchilik bildirishim lozim. Ayni damda, raqibimiz safida Dunyoning eng kuchli futbolchilari to‘p tepmoqda. Neymar va Mbappe birgalikda Parij klubi uchun bugungi o‘yinni yutib berdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Biz ancha avvalroq gol o‘tkazib yuborishimiz mumkin edi. Aslida, shunday bo‘lganida yaxshiroq bo‘lar edi. Sababi, so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborish juda og‘ir. Sababi, vaziyatdan chiqib ketish uchun shunchaki vaqt yetmay qoladi. Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik”.

Pashalich:

“Afsus, biz maqsasdizimizga juda yaqin kelgan edik. Bu chempionlar ligasi va unda omad ham juda muhim rol ijro etadi. Faqat super klublargina 2 daqiqada ikkita gol kiritishga qodir. Ruhan zarba qabul qilib olganimizni yashirib o‘tirmayman. Bugun g‘alaba qozonish uchun maksimum darajada mehnat qildik, lekin Parij klubi kuchliroq yakunni taqdim etdi. Shunga qaramay, “Atalanta” grandlar bilan ham tengma-teng kurash olib borishga qodir ekanligini isbotlab berdi”.

Erik Shupa-Moting:

“Bugun juda og‘ir uchrashuvni o‘tkazdik. Bu jismonan, ruhan juda mushkul vazifa edi. Raqibimiz nomdor bo‘lmasada, uyushqoq va shakillangan jamoa edi. Ularni iroda evazigagina mag‘lubiyatga uchratdik. So‘nggi daqiqalarda ko‘rsatgan mo‘jizamiz yarim finalda ham bizga qo‘l kelishi aniq. Eng muhimi biz so‘nggi daqiqalarga qadar kurashdik. Bugungi o‘yinda Neymar o‘zini yana bir eng zo‘r futbolchi ekanligini isbotlab qo‘ydi. bugungi o‘yinda nechta imkoniyat yaratganiga e’tbor berdingizmi? U qirol!Bugun klub tarixida kichik bir sahifa ochilishiga sababchi bo‘lganimdan mamnunman”.

Neymar:

“Tan olaman, so‘nggi daqiqalarga qadar turnirdan chiqib ketish haqida o‘ylamadim. Mening hayolimda faqat final uchrashuvida maydonga tushish bor edi holos. O‘yinning 85 daqiqasi boshlangan bir paytda, tabloga qaradim va vaqt juda kam qolganini his etdim. Ortga hech narsasiz qaytishimiz mumkin emasligini his etdim. To‘g‘risi, bunday vaziyatdan chiqib ketish juda mushkul bo‘ldi, biroq buni uddaladik. Ayni damda jamoamizda hammasi joyida. Biz ajoyib jamoamiz va chinakam oila a’zolaridek yaqinmiz. Bu bugungi uchrashuvda yaqqol ko‘zga tashlandi”.

Manba: UEFA
Kiritildi: 10:45, 13.08.2020.
O'qildi: 6581 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.