Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

YECHL. «RB Leypsig» «Atletiko»ni musobaqadan chiqarib yubordi!

YECHL. «RB Leypsig» «Atletiko»ni musobaqadan chiqarib yubordi!

Baho:
+ | -

Lissabonda Yevropa chempionlar ligasining "sakkiz finalchi" deb nomlangan mini-turniri davom etmoqda. Bugun bo‘lib o‘tgan chorak finalning ikkinchi uchrashuvida kutilmagan natija qayd etildi.

Nimchorak finalda "Liverpul" ustidan g‘alaba qozongan "Atletiko" klubi, Germaniya chempionatining joriy mavsumida 3-o‘rinni egallagan "Leypsig"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Birinchi bo‘limda jamoalar faol harakat qilishganiga qaramay, tanaffusga qadar hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa germaniyaliklarning kombinasiyasi samarali chiqdi: o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Olmo bosh bilan darvozaga burib yubordi.

Diyego Simeone maydonga Joau Feliksni tashladi. Yarim himoyachi 70-daqiqada penalti ishladi va uning o‘zi 11 metrli jarima zarbasidan hisobni tenglashtirdi.

Bahs tugashiga 2 daqiqa qolganida Tayler Adams jarima maydoni ostonasidan zarba berdi. To‘p esa yo‘l-yo‘lakay "Atletiko" himoyachisiga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va to‘rga borib tushdi.

Shu tariqa, 33 yoshli Nagelsman shogirdlari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. "Leypsig" final yo‘llanmasi uchun "PSJ"ga qarshi maydonga chiqadi.

Yevropa chempionlar ligasi, chorak final
RB Leypsig Germaniya – Atletiko Ispaniya 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 50 Olmo, 1:1 – 71, penalti Joau Feliks, 2:1 – 88 Adams.
RB Leypsig – Gulachi, Xalstenberg, Klostermann, Upamekano, Anxelinyo, Kampl, Zabitser (Mukiyele, 90), Nkunku (Aydara, 83), Laymer (Adams, 72), Olmo (Shik, 83), Poulsen.
Atletiko – Oblak, Lodi, Ximenes, Trippyer, Savich, Errera (Joau Feliks, 58), Koke (Felipe, 90), Saul, Ferreyra Karrasko, Lyorente, Diyego Kosta (Morata, 72).
Ogohlantirishlar: Lodi (62), Klostermann (70), Kampl (82), Aydara (87), Ximenes (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:10, 14.08.2020.
O'qildi: 6006 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик