Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

«Neftchi»ga oid so‘nggi yangiliklar

«Neftchi»ga oid so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 2018 yilda jamoamizga kelib qo‘shilgan legionerlardan biri Vyacheslav Sushkin ko‘p o‘tmay jamoani tark etgan va FIFAga davo arizasi bilan chiqqan. Uzoq davom etgan bu mojaro natijasida FIFA "Neftchi"ga nisbatan o‘zining qarorini chiqargan. Qarorga asosan "Neftchi" FK ni V.Sushkin oldidagi qarzlarini to‘laligicha bartaraf etmaguncha navbatdagi uchta transfer oynasida qatnashish huquqidan mahrum etgan. Lekin jamoamiz homiylari va rahbariyatining samarasi o‘laroq bu muammo ijobiy hal etildi. Vyacheslav Sushkinga belgilangan mablag‘ miqdori to‘laligicha hisob-kitob qilindi va uning oldidagi qarzdorlik masalasi hal bo‘ldi. O‘z navbatida, Vyacheslav Sushkin "Neftchi" FKga hech qanday e’tirozi yo‘qligi borasida rasmiy xat bilan chiqqan.

Karantin sababli mamlakatimizda barcha futbol musobaqalari to‘xtatilganligi bois, Pro liga jamoalari ham tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Shu jumladan, "Neftchi" jamoamiz ham chempionat restartiga tayyorgarlikni o‘z qarorgohlarida qizg‘in davom ettirmoqdalar. Transfer oynasi ochilishi bilan "Qo‘qon-1912" da ijara asosida o‘ynagan futbolchimiz Shodiyor Hojimatov qadrdon jamoasiga qaytib, mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.

Jamoaning sobiq mohir o‘yinchisi Pavel Smolyachenko ham hujjatlari oxirigacha rasmiylashtirildi va u ham jamoa bilan birga tayyorgarlik olib bormoqda. Aytib o‘tish joizki, jamoa ko‘rigida yana bir qator iqtidorli futbolchilar ishtirok etishmoqda. Ular orasida "Bunyodkor" U-18 yoshlar jamoasi hamda O‘zbekiston U-19 terma jamoasining vakili Jaloliddin Sodiqov ham bor. Undan tashqari jamoa yana bir nechta futbolchilar bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu xaqda keyinroq ma’lumot berib boramiz.

"Neftchi" matbuot xizmati

Kiritildi: 18:07, 14.08.2020.
O'qildi: 3764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик