Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Shahram va Isroilning janglari haqida

Shahram va Isroilning janglari haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Ertaga tongda professional boksdagi ikki hamyurtimiz Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimov ringga ko‘tarilishadi. Janglar AQSHning Oklaxomasida o‘tkaziladi. Tashkilotchi Eddi Xirn, Matchroom Boxing.

Shahram uchun bu yubiley o‘ninchi jang.  Avvalgi 9 jangining barchasida g‘alaba qozongan. 7 marta nokautga erishgan. Raqibi Uiston Kampos 28 yoshda, natijasi 31(g‘)-7(m)-6(d). Vaznlar grammigacha teng. Bo‘yda 6 sm ustunlik Shahramda. Noqulaylik shundaki, Kampos o‘zgargan raqib sifatida jang qiladi, uning uslubiga G‘iyosov alohida tayyorlanishga ulgurmagan. Lekin, bokschimizning ringdagi yuqori IQsi tezda raqibni o‘qishga, instinktlar esa bo‘sh nuqtalarini aniqlashga yordam beradi.

Isroil Madrimov 5 jang, 5 g‘alaba, 5 nokaut natijasini 6-6-6 raqamlariga almashtirishi mumkin. Isroilga Xirnning jiddiy e’tibori tushgan. Bu esa titul jangini tezlashtirishi mumkin. Raqib sifatida toifaning “eski tulki”laridan Erik Uolker tanlandi. 37 yoshda, 20-2 natijasiga ega. Ustunligi qo‘llarning uzunligida, Madrimovga o‘rta va yaqin masofada ishlash qulayroq bo‘ladi. Darvoqe, jang da’vogarlar maqomiga ega, Isroil uchun dastlabki 12-raundlik sinov bo‘ladi.

Ikkala bokschimizga omad tilayman!

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 15:42, 15.08.2020.
O'qildi: 7955 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик