Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

“Qo‘qon-1912”- “Paxtakor”: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

“Qo‘qon-1912”- “Paxtakor”: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

Baho:
+ | -

Superligasi 10-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Paxtakor” uchrashuvi 18 avgust kuni Toshkent shahridagi “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar

Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 28 marta to‘qnash kelishgan.
O‘yinlarning 5 tasida vakillarimiz zafar quchishgan, 16 ta bahsda “Sherlar”ning qo‘li baland kelgan. Yettita uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati – 74-39, “Paxtakor” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 22 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Paxtakor”ning ochkosi 55 tani tashkil etadi.

Ushbu jamoalarning so‘nggi oltita uchrashuvi
26.07.2019 Paxtakor - Qo‘qon 1912 - 3:1
29.06.2019 «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» 1:2
12.08.2018 «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» 1:1
06.05.2018. Paxtakor - Qo‘qon 1912 - 1:1
14.10.2017. Paxtakor - Qo‘qon 1912 - 2:0
06.05.2017 «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor» 1:1

Hakamlar
17-19 avgust kunlari Coca Cola Superligasida 10-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Tur doirasidagi "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuvini Shavkat Nasibullayev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi.

Superliga.
10-tur
QO‘QON-1912 – PAXTAKOR
Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, Husan Muzaffarov.
Nazoratchi: Bobur Haydarov.
Komissar: Zohirjon Akramxonov.

Boshlanish vaqtlari
“Qo‘qon-1912” - “Paxtakor” uchrashuvi, seshanba kuni Toshkent shahridagi “Lokomotiv” o‘yingohda soat 19:00 da start oladi. Bugun esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari U-21 birinchiligi 14-turida maydonga tushishadi.

Manba: Қўқон-1912 матбуот хизмати
Kiritildi: 00:24, 17.08.2020.
O'qildi: 2120 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик