Stadion.uz taniqli “Forbs” jurnali bergan ma’lumotlarga suyangan holda 2020-yilgi hisob-kitoblar asosida dunyoning eng badavlat sportchilari bilan tanishtirib o‘tadi.
10-o‘rin. Devid Bekhem
Ingliz futboli afsonasi futbolchilar orasida birinchilardan bo‘lib o‘z ismini brend darajasiga olib chiqqan shaxs sanaladi.
Butsalarini mixga ilgach, Beks oila a’zolari yordamida o‘z shaxsiy brendi ostida mahsulotlar ishlab chiqarishni boshlan yubordi.
Shunday bo‘lsada, qahramonimizga asosiy daromadni turli reklama kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalar keltiradi. Yaqindan boshlab “Inter Mayami” klubi egasiga aylangan Devidning boyligi 750 million dollarga baholanmoqda.
9-o‘rin. Kobi Braynt
NBA tarixidagi eng kuchli basketbolchilardan biri sanalgan Kobi Braynt ham bugungi ro‘yxatdan o‘rin egallamoqda.
Yaqindagina yosh qizchasi bilan baxtsiz hodisa qurboni bo‘lgan Kobining “Nike” brendi bilan ulkan gonarar keltiruvchi shartnomasi mavjud edi. Uning vafotidan so‘ng, shaxsiy brendi ostidagi liboslar savdosi keskin ko‘tarilib ketdi.
“Kobi INS” kompaniyasidan kelayotgan daromaddan tashqari, Braynt turli reklama kompaniyalari bilan shartnoma imzolagan edi. 2018-yilda “Azizim basketbol” filmi uchun “oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan Brayt oz oilasiga 780 million dollar qoldirdi.
8-o‘rin. Fil Mikelson
Afsuski, golf sport turini yurtimizda deyarli muxlislari yo‘q. Shu sababli besh bora Meydjor musobaqasida g‘alaba qozongan Fil Mikelson haqida eshitmagan bo‘lishingiz mumkin.
2012-yilda “Golf klubining afsonalari” qatoriga kiritilgan Mikelson allaqachon sportdan ketgan, lekin turli kompaniyalarga kiritgan investitsiyalari unga ulkan daromad keltirmoqda. Forbs jurnali golfchining 2020 yilgi hisob-kitoblarga qaraganda 800 million dollor egasi deb hisoblamoqda.
7-o‘rin. Lebron Jeyms
Zamonaviy basketbolning qiroli Lebron 35 yoshda bo‘lishiga qaramay, fantastik tempda harakat qilishda davom etmoqda.
2019-yilda “Los Anjelos Leykers” bilan shartnoma imzolagan Jeyms NBA tarixidagi eng qimmat maosh oluvchi basketbolchiga aylandi.
Qahramonimiz o‘z intervyularida 1 milliard yevro ishlab topish orzusida (ayni damda 850 million dollardan ko‘proq) ekanligini ko‘p bor ta’kidlagani rost. Tan olish lozim, Lebron ishlab topgan pullarini to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish borasida chinakam professional. U pul tikkan birorta proyekt hali bankrot ko‘chasiga kirgamagani so‘zimizga isbot bo‘la oladi.
Bundan tashqari, Lebron doimo yangi jamoasi bilan qisqa muddatga shartnoma imzolaydi va ulkan bonus talab qiladi. Shu yo‘sinda, qahramonimiz so‘nggi 5 yil ichida 100 milliondan ortiq pul ishlab topishga muvaffaq bo‘ldi.
6-o‘rin. Floyd Meyvezer
“Pul” laqabli bokschi haqida ortiqcha ta’rifning xojati yo‘q. Faoliyati davomida mag‘lubiyat nimalagini bilmagan Floyd bir paytning o‘zida 5 ta oltin kamarni o‘z qo‘lida ushlab turgan super boskchi sifatida tarixda qoldi.
Ayni damda, u janglarni uyushtirish bilan shug‘ullanmoqda. Qahramonimiz Konor Makgregorga qarshi jang bilan o‘z hisobiga 300 million dollarni yozdirib qo‘ydi. Bugungi kunda uning kapitalining umimiy qiymati 950 million dollarni tashkil etmoqda.
5-o‘rin. Krishtianu Ronaldu
Futbol tarixidagi ilk milliarder. Deyarli barcha shaxsiy va jamoaviy sovrinlarni boshi uzra ko‘targan Ronaldu Instagram tarmog‘idagi eng ko‘p obunachi egasi ham sanaladi.
Uning “CR7” brendi deyarli butun dunyoda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, uning sayyoramizning deyarli barcha nuqtalaridan o‘z mehmonxonalari mavjud. Ajoyib invester bo‘lgan Krishning ayni damda bankda bir milliarddan ortiq mablag‘i bor.
4-o‘rin. Arnold Palmer
AQSHlik eng mashhur golf ustasi ro‘yxatimizdagi to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Qahramonimiz Meyjer sovrinini naqd 7 bor boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan. 1960-1963-yillaroralig‘ida “PGA Tour” musobaqasida 29 bor g‘alaba qozongan Palmer 1967-yilda ilk golf ortidan milliard ishlab topgan sportchiga aylandi.
2006-yilda faoliyatini yakunlagan Arnold yil so‘nggida o‘z nomidagi kiyim-kechak brendiga asos soldi. Bugungi kunda u AQSHdagi eng omadli biznesmenlardan biri sanaladi. Kapitalining umumiy qiymati 1,4 milliard dollarni tashkil etadi.
3-o‘rin. Jek Niklaus
Golf tarixidagi eng sovrindor sporchi kuchli uchlikni ochib beradi. 60-70-yillarda o‘zi ishtirok etgan barcha golf musobaqalarida g‘olib chiqqan Niklaus Masters turkimidagi musobaqalarning naqd 6 tasida g‘alaba qozongan yagona golfchi sanaladi.
Ayni damda, uning “Niclaus” nomidagi golfchilar hamyonini ishlab chiqaruvchi ulkan kompaniyasi mavjud. 1992-yilda tashkil topgan kompaniya deyarli 30 yildan beri Jekka juda katta daromad keltirmoqda.
Qahramonimizning bugungi kundagi umumiy daromadi 1,5 milliard dollardan oshadi.
2-o‘rin. Tayger Vuds
O‘ylashimizcha, Tayger Vuds golf olamidagi eng mashhur shaxs sanaladi. Naqd 15 bor mayjers sovrinini o‘ziniki qilib olgan Tayger ishlab topgan 1,6 milliard yevroning 90 foizi turli reklama roliklari ortidan kelgan daromad sanaladi.
Aslida, qahramonimizning daromadi bundan ham katta bo‘lishi mumkin edi, biroq turli janjallar sababli u shartnomalarni qo‘ldan chiqarib yuboradi. Achinarlisi shundaki, Vudsning “xurmacha” qiliqlari sport karyerasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Bugungi kunda u biroz o‘zini o‘nglab olgan, lekin golf maydonida avvaligidek yengilmas emas.
1-o‘rin. Maykl Jordan
NBAning timsoli va basketbolni butun dunyoda ommalashishi uchun ulkan hissa qo‘shgan Maykl Jordan Forbs jurnali talqiniga ko‘ra 2020-yilda sayyoramizning eng badavlat sporchiga aylandi.
Jordan o‘z faoliyati yakunlanayotganini ko‘rgach, kelajak uchun ajoyib rejalar tuzishni boshladi. Oradan ko‘p o‘tmay, Jordan o‘z biznes imperiyasini qurishni boshladi.
Jordanga “Nike” kopmpaniyasi bilan hamkorlida tuzilgan “Nike Jordan Brand” 100 million dollar sof daromad keltridi.
Ayni damda Basketbol oyoq kiyimlarini ishlab chiqaruvchi ulkan “Jordan” kompaniyasi 800 million dollorga baholanmoqda. Bundan tashqari, Jordan kibersportchilarni qo‘llab-quvvatlash orqali ham katta mablag‘ ortirishni yo‘lga qo‘ygan. Ko‘chmas mulk savdosi ham qahramonimizga begona emas. Umuman olganda Jordan sport ortidan topgan pullarini qisqa muddat ichida 1,9 milliard dollarga qadar ko‘tarishni uddalay olgan chinakam biznesmenga aylandi.