Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Afsonaviy Sidney Jeksonning o‘zbek sportidagi o‘rni

Afsonaviy Sidney Jeksonning o‘zbek sportidagi o‘rni

Baho:
+ | -

Boks ixlosmandlariga sportning ushbu turidagi mashhur trener Boris Granatkin, Ikkinchi jahon urushi yillarida Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan Vladimir Karpov, ikki karra Yevropa chempioni, Olimpiya o‘yinlari chempioni Valeriy Popenchenko, jahon chempioni Rufat Risqiyev nomlari yaxshi tanish. Ularning hammasi SSSRda xizmat ko‘rsatgan trener Sidney Lvovich Jeksonning shogirdlaridir.

Sidney Lvovich 1886 yil Nyu-Yorkda tug‘ilgan. 12 yoshligidan mahalliy «Bronx Ridgeon Club» boks klubida shug‘ullana boshlagan. AQSHda professional darajadagi bokschi bo‘lgan. U 28 yoshligida AQSH terma jamoasidan o‘rin olgan, jahonning ko‘pgina mamlakatlarida o‘tkazilgan nufuzli musobaqalarda qatnashgan.

Ammo Glazgoda bo‘lib o‘tgan musobaqalarda barmog‘i singan va bellashuvlarda ishtirok eta olmay qolgan. Shundan so‘ng Birinchi jahon urushi boshlanganida Rossiyaga kelib, shu yerda yashay boshlagan.

Keyinchalik S.Jekson Toshkentga ko‘chib kelgan va bu yerda boks bo‘yicha bolalar seksiyasini tashkil qildi. Yosh bokschilar shug‘ullanishi uchun ularga kerak bo‘lgan narsalarni o‘zi tayyorlab bergan. Ringni arqonlar bilan o‘ragan, charmdan qo‘lqoplar, qopdan mashq grushalari tikib bergan. Bolalarga boks tarixi to‘g‘risida qiziqarli hikoyalari bilan ularning sportga bo‘lgan ixlosini orttirgan.



Jekson O‘zbekistonda boksning otashin tashviqotchisi bo‘lgan, shu bilan birga birinchi suzish havzalari, futbol maydonlari, tennis kortlari, basketbol, voleybol maydonchalari barpo etish tashkilotchilaridan biriga aylangan.

Sidney Lvovich boks seksiyasida trenerlik qilish bilan birga Chet tillar institutida ingliz tilidan dars bergan, unga professor unvoni ham berilgan.

Jekson O‘zbekistonda 35 yil davomida boks seksiyada trenerlik qilgan. Uning shogirdlari respublika, ittifoq, Yevropa va jahon chempionlari bo‘lishgan.

Afsonaviy trener respublikada jahonda eng kuchli boks maktablaridan birini yaratgan, juda ko‘p mashhur sportchilarni tarbiyalagan.

Sidney Lvovich Jekson 1966 yilda vafot etgan va Toshkentdagi Botkin qabristonida dafn etilgan.

Ko‘p yillar davomida O‘zbekistonda Sidney Jekson xotirasi turniri o‘tkazib kelingan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:15, 18.08.2020.
O'qildi: 3034 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик