«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen tizzasidan muvaffaqiyatli operasiya qilindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Germaniyalik posbonning tiklanishi uchun ikki yarim oy vaqt ketadi. Mavsum davomida ter Shtegenni tizzasidagi muammo bezovta qilib keldi. Shuning uchun muammoni jarrohlik yo‘li bilan hal etishga qaror qilindi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona»ning ikkinchi darvozaboni Neto hisoblanadi.