Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol - Port
14/10 15:00 Vissel Kobe - Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib - Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf - Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda

YECHL. «PSJ» «Leypsig»ni tor-mor etib, finalga chiqdi

YECHL. «PSJ» «Leypsig»ni tor-mor etib, finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining dastlabki finalchisi aniq bo‘ldi. Chorak finalda "Atletiko" qarshiligini chiroyli sindira olgan «Leypsig», bu safar «Pari Sen-Jermen» oldida ojizlik qildi. Yulian Nagelsmanning rejasi bugun ish bermadi. Aksincha, "PSJ" yulduzlarining o‘yini to‘qnashuv taqdirini hal qildi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Mbappening uzatmasidan keyin Neymar yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Braziliyalik futbolchining zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi.

Oradan 7 daqiqa o‘tib uchrashuvda hisob ochildi. Di Mariya jarimadan yetkazilgan uzatmani Markinyos bosh bilan darvozaga burib yubordi.

Bahsning 35-daqiqasida Neymar yana bir zarba bilan ustunni nishonga oldi. Bo‘lim tugashiga 3 daqiqa qolgan "Leypsig" darvozaboni Peter Gulachi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Parades to‘pni jarima maydoniga yetkazdi va Neymar tovoni bilan shunday uzatma berdiki, Di Mariyada darvozani ishg‘ol qilishdan boshqa imkoniyat qolmadi — 0:2.

Ikkinchi bo‘limning 56-daqaqasida esa hisob yirik ko‘rinishga keldi. Di Mariyaning chap qanotdan yetkazgan to‘pini Xuan Bernat darvozaga joylab qo‘ydi.

Germaniyaliklar qolgan daqiqalarda hujumkor o‘yin namoyish etishga harakat qilishdi. Ammo "PSJ" qarshi hujumlari xavfliroq chiqdi.

Shu tariqa, "Pari Sen-Jermen" o‘z tarixida ilk marta Yevropa chempionlar ligasi musobaqasi finaliga chiqdi.

Yevropa chempionlar ligasi, yarim final
RB Leypsig Germaniya – PSJ Fransiya 0:3 (0:2)
Gollar: 0:1 – 13 Markinyos, 0:2 – 42 Di Mariya, 0:3 – 56 Bernat.
RB Leypsig – Gulachi, Anxelinyo, Upamekano, Mukiyele, Klostermann (Orban, 82), Laymer (Xalstenberg, 62), Zabitser, Kampl (Adams, 64), Olmo (Shik, 46), Nkunku (Forsberg, 46), Poulsen.
PSJ – Riko, Bernat, Kimpembe, Tiago Silva, Markinyos, Paredes (Draksler, 83), Errera (Verratti, 83), Di Mariya (Sarabiya, 87), Kerer, Mbappe (Shupo-Moting, 86), Neymar.
Ogohlantirishlar: Kimpembe (45), Laymer (61), Xalstenberg (79), Poulsen (79).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:59, 19.08.2020.
O'qildi: 5021 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик