Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«Liverpul» klubida koronavirusga chalinish holati aniqlandi

«Liverpul» klubida koronavirusga chalinish holati aniqlandi

Baho:
+ | -

«Liverpul» jamoasida koronavirusga chalinish holati qayd etildi, deya xabar qilmoqda Kronen Zeitung.

Koronavirus testi tahlillari jamoa vakilida infeksiya borligini ko‘rsatgan. Uning shaxsi ochiqlanmagan. Ayni damda mersisaydliklar Avstriyada yig‘in o‘tkazmoqda. U yerda «Zalsburg»ga qarshi nazorat uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Avvaliga «Liverpul» yig‘inni Fransiyada o‘tkazishni rejalashtirgandi. Biroq koronavirusning keng tarqalgani sabab, jamoa Avstriyaga yo‘l olgan. Jamoa to‘liq izolyasiyaga olinganiga qaramay, «Liverpul» vakili virusni yuqtirib olgan.

«Liverpul» 2019/20 yilgi mavsumda Angliya chempioniga aylandi. Jamoa 30 yillik tanaffusdan so‘ng mazkur sovrinni qo‘lga kiritdi. Chempionlar Ligasida Yurgen Klopp shogirdlari 1/8 finalda «Atletiko» to‘sig‘idan o‘ta olmay, musobaqani tark etdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:30, 19.08.2020.
O'qildi: 6443 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик