Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

RPL. «Rostov» Moskvada «Dinamo»ga yutqazdi

RPL. «Rostov» Moskvada «Dinamo»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Rossiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan "Dinamo" va "Rostov" o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi.

Uchrashuvning dastlabki 20 daqiqasida katta ustunlik Karpin shogirdlari tomonida bo‘ldi. Ammo rostovliklar imkoniyatlardan foydalana olishmadi.

Uchrashuvning 39-daqiqasida Normann o‘z jarima maydoni chizig‘i oldida "Dinamo" yarim himoyachisi Komlichenkoga nisbatan ehtiyotsizlik bilan harakat qilgani uchun hakam VAR yordami "Rostov" darvozasi tomon penalti belgiladi. Penaltidan Filipp unumli foydalanib, hisobni ochdi.

Taym so‘ngida esa Nikolay Komlichenko burchakdan yetkazilgan uzatmani bosh bilan mehmonlar darvozasiga joylab, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

"Rostov" ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘nglashga harakat qildi. Bir vaziyatda Mamayev to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yuborib, vaziyatni qo‘ldan chiqargan bo‘lsa, yana bir vaziyatda Zaynutdinov yakkama-yakka vaziyatda darvoza tomon aniq zarba bera olmadi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Eldor Shomurodov bahs oxiriga qadar maydonda harakat qildi hamda ogohlantirish oldi. O‘zbekistonlik futbolchi formaga kirib borayotgani ko‘rindi, ammo unga hozircha gol yetishmayapti.

"Dinamo" ushbu g‘alabadan keyin 7 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tariligan bo‘lsa, "Rostov" 3 ochko bilan 10-o‘ringa tushib qoldi.

Rossiya premyer-ligasi, 3-tur
Dinamo – Rostov 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 42, penalti Filipp, 2:0 – 45 Komlichenko.
Dinamo – Shunin, Yevgenyev, Ordes, Skopinsev, Parshivlyuk, Shimanski (Karapuzov, 64), Fomin (Moro, 69), Kabore, Komlichenko (Igboun, 64), N`Ji (Terexov, 83), Filipp (Moskvichev, 83).
Rostov – Pesyakov, Kozlov (Bayramyan, 77), Osipenko, Chernov (Toshevski, 77), Xadjikadunich, Yeremenko (Glebov, 67), Normann (Xasimoto, 77), Mamayev, Ionov (Kovalev, 87), Zaynutdinov, Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Zaynutdinov (16), N`Ji (34), Normann (34), Shomurodov (54), Parshivlyuk (60), Moro (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:04, 19.08.2020.
O'qildi: 5125 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик