Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Diyor Imomxo‘jayev Kanchelskisga javob qaytardi

Diyor Imomxo‘jayev Kanchelskisga javob qaytardi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kanchelskis biz haqimizda fikr bildirdi. Va albatta u ham bizning fikrlarimizni eshitishi adolatdan bo‘ladi.

“Navbahor” oldida faqatgina ilk tur uchun vijdonimiz qiynaladi. Chunki klub o‘shandagi ilk bo‘limda g‘alabaga, ikkinchi bo‘limda esa kamida durang natijaga loyiq edi. Ammo klubning so‘nggi uch o‘yinini yodga oling, na “Bunyodkor” bilan, na “Qizilqum” bilan va na “Surxon” bilan “Navbahor” o‘z darajasida o‘ynay oldi. Jamoaning o‘yini chiqmadi. Hatto “Qizilqum” bilan o‘yindan keyin klub rahbarlaridan biri bizga bunday g‘alaba kerak emas, deganini ham eshitdik. Mana shunday pallada Kanchelskis mavzuni o‘zidan soqit qilib yuborishi g‘alati. U jamoa o‘yini uchun javob berishi to‘g‘riroq.

Karantin vaqtida butun O‘zbekistonda futbol to‘xtaganida ham “Navbahor” mashg‘ulotlarni davom ettirdi. Ya’ni, rahbariyat unga barcha sharoitni yaratib berdi. Ammo qolgan klublar tanaffusga chiqib ham Kanchelskis jamoasi bilan deyarli bir formada qaytib kelishadi. Murabbiy shu haqda ham o‘ylasa to‘g‘riroq bo‘ladi.

Rossiyalik mutaxassis yaqindagina “Navbahor” stadioni maysasiga javobgar kishini tanqid qilib, darvozabon suvda cho‘milgani haqida aytdi. Ammo o‘sha nuqtada raqib jamoa darvozaboni ham harakat qildi. Xuddi kecha “Surxon” ham “Navbahor” bilan bir xil sharoitda to‘p surgani kabi.

“Surxon”ga qarshi o‘yin uchun “Navbahor” poyezd va samolyot yo‘q bir vaqtda Termizga 12 soat yo‘l bosib borishi va bundan issiqroq sharoitda to‘p surishi kerak edi. Sir emaski, Termizdagi stadionda ham projektor yaxshi emas. Markazlashgan format esa qiyinchilikdan Kanchelskisni qutqardi.

Bizda chilla chiqib bo‘lgan. Shunday vaqtda ayol futbolchilar yillar davomida to‘p surib kelishdi va nolishmadi. Mana shunday vaqtda murabbiy ham erkak bo‘lib, jamoasi o‘yini nega o‘xshamayotgani haqida gapirishi kerak. Aytaylik, Haydarov “Surxon”ni qabul qilib olganiga ko‘p bo‘lmadi, ammo jamoa o‘yinini o‘zgartira oldi. Kanchelskis uchun yana qancha vaqt kerak degan savol muxlislar tomonidan berilishi to‘g‘riroq.

TTYMI maysasi ancha yaxshi. Bu yerda milliy terma mashg‘ulotlar o‘tadi, yaqin-yaqingacha “Jar” va TTYMI stadionlarida Superliga uchrashuvlari o‘tkazilgan. U-19 Osiyo chempionati uchun AGMK, “Lokomotiv”, “Bunyodkor” stadionlarini oz bo‘lsa-da asrash uchun, biz mana shu ikki stadiondan ham foydalanishga majbur bo‘lmoqdamiz. Bu stadionlarni men juda yomon demagan bo‘lardim.

Markazlashgan chempionat masalasida biz barcha murabbiylarni yig‘dik, Navoiy, Qarshidan murabbiylar kelishdi, fikr almashdik. Ammo Kanchelsksis unda ishtirok etmadi. Yaqinda esa FIFA kunlari masalasida yig‘ilish bo‘ldi, Toshkentda bo‘la turib murabbiy unda ham ishtirok etmadi. Chempionat haqida qayg‘uradigan mutaxassislar o‘sha kuni O‘zPFL bilan birga bo‘ldi. Umuman qorasini ko‘rsatmayotgan murabbiy biz bilan nimani kelishgani haqida aytayotganini tushunmadim.

Biz o‘zimizdan o‘tayotganlarini tan olamiz, kamchiliklarimiz ko‘p, mavjud vaziyatni o‘zgartirish uchun tinim bilmayapmiz. “Navbahor”ning inobatga olinmagan golini o‘rganishni so‘rab, O‘FAga murojaat bilan ham chiqamiz. Namangan futboliga befarq bo‘lmagan muxlislar bundan yaxshirog‘iga albatta munosib. Ishonamizki, futbolchilar tez orada o‘z o‘yinlarini topib olishadi. “Navbahor” infratuzilma jihatidan xalqaro maydonda o‘ynashga tayyor bo‘lib ulgurdi. Balki bu yil klub ikki musobaqadan birida muvaffaqiyat qozonar ham, bundan O‘zPFL xursand bo‘ladi.

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: Диёр Имомхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 09:50, 20.08.2020.
O'qildi: 8286 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.