Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Diyor Imomxo‘jayev tinchimayapti. U «Navbahor»ga javobning ikkinchi qismini yo‘lladi

Diyor Imomxo‘jayev tinchimayapti. U «Navbahor»ga javobning ikkinchi qismini yo‘lladi

Baho:
+ | -

Musobaqalar o‘tkazish reglamentidan ko‘chirma:

9.7. Uchrashuvlar quyidagi vaqtlarda start olishi mumkin:

- Superligada soat 18.00 dan erta bo‘lmagan vaqt (shanba, yakshanba, bayram kunlari, shuningdek, vaziyatga qarab va O‘zPFL qarori bilan ayrim viloyatlardagi o‘yinlar bundan mustasno bo‘lishi mumkin);

- U-21 chempionatida soat 12.00 dan erta bo‘lmagan vaqt (yoz oylarida uchrashuvni soat 17.00 dan erta boshlash taqiqlanadi);

- Barcha qolgan uchrashuvlar vaqti O‘zPFL tomonidan belgilangan va teleradiokompaniya bilan kelishilgan vaqtda boshlanadi;

- Uchrashuvni 21.00 dan kech boshlash mumkin emas.

Ayrim viloyatlardagi o‘yinlar deganda projektori talabga javob bermaydigan stadionlar nazarda tutilgan. Vaziyatga qarab deganda esa havo harorati, shom kirishi va shunga o‘xshash holatlar inobatga olingan. Joriy mavsum 18 uchrashuv 18:00 dan erta boshlangan. Hozircha e’tiroz faqatgina Navbahor ustozi tomonidan bo‘ldi.

5.14. Mezbon jamoa musobaqalarning rasmiy kalendar uchrashuvi boshlangunga qadar 20 kundan kech bo‘lmagan muddatda O‘zPFL ma’muriyatiga uchrashuvning boshlanish vaqti borasida taklif berishi zarur. O‘zPFL uchrashuv vaqtini teletranslyasiya huquqini qo‘lga kiritgan kompaniya bilan kelishib belgilaydi.

Barcha klublarga taqvim bir vaqtda berildi, ammo hech bir klubdan e’tiroz bo‘lmadi, hatto "Navbahor"dan ham. Ammo natija qoniqarli bo‘lmaganidan keyin Kanchelskis e’tiroz bildirdi. Arpa uni bahona degani aslida shu.

Ikki kun avval "Buxoro" va "Qizilqum" klublari ham 17:00 da uchrashuv o‘tkazdi. Oldinda yana 6 uchrashuv shu vaqtda o‘tishi kerak. Navbahordan boshqa biror klub e’tiroz qilmadi. O‘sha kuni "Navbahor"ning raqibi ham aynan shu vaqtda to‘p surdi.

Reglamentning 9.7 bandiga qaytamiz, U-21 uchrashuvlarini yoz oylarida 17:00 dan erta boshlash mumkin emas deyilgan. 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar, yaqin-yaqingacha Oliy liga klublari ham yoz oylarida 16:00 da maydonga chiqqan davrlar bo‘lgan, Navbahorning yoshi katta muxlislari buni yaxshi eslashadi. 21 yoshgacha futbolchi avgust oyida 17:00 da o‘ynasa, ayol futbolchilar shu vaqtda o‘ynasa, millionlab maosh oladigan futbolchi va murabbiylar nega o‘ynay olmaydi?

TTYMI stadioni maysasi haqida OAV qolgan mutaxassislardan fikr olsa, to‘g‘riroq bo‘ladi. O‘yinlar o‘tayotgan 7 stadiondan maysasi nisbatan qoniqarsizi TTYMI emas, futbol ichidagilar buni juda yaxshi biladi.

"Paxtakor" bilan yonma-yon borayotgan AGMK ishtirokidagi uchrashuv ham 17:00 ga qo‘yilgan. Ammo Mirjalol Qosimov bir og‘iz e’tiroz qilgani yo‘q. Menimcha, hamma me’yorni aynan bir klub bilan solishtirish to‘g‘ri emas. Navbahor muxlislaridan bir narsani to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz, natija qila olmagan birgina murabbiy siz-u bizning o‘rtamizga fitna sochmasin, har safar futbolchilar, maydonlar va boshqalarni ayblashdan tiyilsin. Va iloji bo‘lsa murabbiylar ishtirokidagi yig‘ilishlarda qatnashib, fikrlarini avvaldan bildirsin, g‘olib chiqa olmaganidan keyin emas.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 12:36, 21.08.2020.
O'qildi: 10129 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик