TalkSport nashrining xabariga ko‘ra, hujumchi Troy Dini "Uotford"da qolishga tayyor. "Uotford"ning Chempionshipga tushib ketganligi Troyni bezovta qilmayapti.
Hujumchi "Uotford"ni iloji boricha tezroq APLga qaytarishga yordam bermoqchi. Avvalroq, jurnalistlar Dini "Tottenxem"ga o‘tishi haqida yozishayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli Troy "Uotford" safida 2010 yildan buyon to‘p tepib keladi.