Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Andrey Kanchelskis g‘alabaga nima yetishmaganini aytdi

Andrey Kanchelskis g‘alabaga nima yetishmaganini aytdi

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 11-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Mash’al" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Andrey Kanchelsksis o‘z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi navbatda "Mash’al"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Barakalla, yigitlar. Ikki xil taym bo‘ldi. Birinchi taymda juda yomon o‘ynadik. Ikkinchi taymda vaziyatlarga ega bo‘ldik, hisobni tenglashtirishimiz kerak edi. Qayerdadir omad kelmadi, bu futbol.

Tashkilotchilarga rahmat aytaman. Oldingi tur bilan solishtirganda yaxshiroq maydon va qulay vaqtga belgilab berishganiga rahmat.

Bugun maydonga tushgan futbolchilarga rahmat. Ularga ikkinchi taym uchun e’tirozim yo‘q. Birinchi taymni esa tahlil qilamiz. Hayot davom etadi, keyingi turdagi AGMK bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Bugun g‘alaba uchun nima yetishmadi? Gollar yetishmadi. Tarkibimizda yo‘qotishlar bor. Bir qancha futbolchilarda kasallik simptomlari bor. Ammo tarkibimizda boshqa futbolchilar ham bor, ular maydonga tushib o‘ynashlari kerak. Koronavirus bizni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Tahlil qilamiz, gaplashamiz. Bugun biz mag‘lub bo‘ldik, raqib esa yutdi, "Mash’al"ni tabriklayman.

No‘’mon Hasanov "Navbahor"da mening yordamchi bo‘ladi. Mashg‘ulotlar jarayonida ham, boshqa ishlarda ham. Ayni paytda mening yordamchim karantin tufayli Moskvadan kela olmayapti. Shu bois Hasanov menga yordam beradi", — deydi Andrey Kanchelskis.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:17, 22.08.2020.
O'qildi: 2678 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.