Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Shipilov: "Balki issiqda o‘ynash kerakdir, hozir juda shinam stadionda o‘yin o‘tkazdik"

Shipilov: "Balki issiqda o‘ynash kerakdir, hozir juda shinam stadionda o‘yin o‘tkazdik"

Baho:
+ | -

Superliga 11-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Qizilqum" (1:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Andrey Shipilov o‘z fikrlarini bildirdi.

"Tanaffusdan keyingi o‘yinlarda betartib o‘ynayapmiz. O‘tgan o‘yinda birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynab, ikkinchi bo‘limda o‘ynolmagandik. Bugun aksincha, birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynolmagan bo‘lsak, ikkinchi bo‘limda yaxshiroq harakat qildik. Bu nima bilan bog‘liq ekanligini bilmayman. Futbolchilar xarakter ko‘rsata olishmayapti. Jamoamizda yetakchi yo‘q".

"Oxirgi ikki o‘yinimizdan keyin nimadir deyish qiyin, bu o‘yinlar xuddi "egizaklar"ga o‘xshaydi. Hozir hamma jamoalarga qiyin. Kimdir chiroyli o‘yin ko‘rsatadi, kimdir shunga intiladi, hamma harakat qilyapti, biroq oxirgi ikki o‘yinimizni inobatga olsak, faqat bir bo‘lim o‘ynayapmiz. Balki issiqda o‘ynash kerakdir, hozir juda shinam stadionda o‘yin o‘tkazdik, havo ham zo‘r, +28 gradus.

Shiforkorimizga rahmat, futbolchilarning holati haqida qayg‘urdi va o‘yinchilarni yaxshi holatga keltirdi. Ubaydullayevga nima bo‘lyapti? Bilmayman, u oxirgi ikki o‘yinda juda yomon o‘ynadi. Chumak ham eng yomon o‘yinlarini o‘tkazgan bo‘lsa kerak.
"Qizilqum"ni g‘alaba bilan tabriklayman.

O‘yinchilarimiz milliy terma jamoadan chaqiruv olgach, o‘z ustida ishlamay qo‘ymoqda. Ular o‘zlariga nisbatan tanqidiy yondashishlari lozim. Jamoada tartib bo‘lishi, har bir kishi o‘z ustida ishlashi kerak.

Biz ham chiroyli futbol ko‘rsatishga astoydil harakat qilyapmiz. Faqat intizom bo‘lishi shart", - deydi Shipilov.

Manba: Металлург матбуот хизмати
Kiritildi: 09:17, 23.08.2020.
O'qildi: 2332 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.