Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 19:30 Buxoro 2-0 Qizilqum
14/03 19:30 Neftchi 0-0 Qo‘qon-1912
15/03 00:45 Jenoa 2-1 Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas 2-2 Alaves
15/03 17:55 Sho‘rtan - Bunyodkor
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 19:30 Andijon - Nasaf
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 20:15 Dinamo - Mash’al
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford
16/03 00:45 Torino - Empoli
16/03 01:00 Jirona - Valensiya
16/03 16:30 Venetsiya - Napoli
16/03 17:45 Surxon - Xorazm
16/03 18:00 Leganes - Betis
16/03 18:30 Arsenal - Chelsi
16/03 18:30 Fulhem - Tottenhem
16/03 19:00 Bolonya - Lasio
16/03 19:30 So‘g‘diyona - Navbahor
16/03 20:00 Roma - Kalyari
16/03 20:00 OKMK - Paxtakor
16/03 20:15 Sevilya - Atletik Bilbao
16/03 22:00 Fiorentina - Yuventus
16/03 22:30 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
16/03 22:30 Osasuna - Xetafe
17/03 00:00 Lester - Man. Yunayted

Dilyaver Vaniyev: «Mash’al» futbolchilari eng kuchli»

Dilyaver Vaniyev: «Mash’al» futbolchilari eng kuchli»

Baho:
+ | -

Superliga 11-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Mash’al” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Mash’al” murabbiyi Dilyaver Vaniyev jurnalistlarning savollariga javob berdi. O‘yin haqida u quyidagi fikrlarni bildirdi.

-Bugungi o‘yin juda yaxshi o‘tdi. Bizda ham, raqibda ham vaziyatlar bo‘ldi. O‘ylashimcha, bugun biz haqli ravishda g‘alaba qozondik. Boisi, xavfli vaziyatlarni namanganliiklarga qaraganda, jamoamiz ko‘proq yuzaga keltirdi.
To‘g‘ri, 2-bo‘limda “Navbahor” bosim uyushtirdi, hujumlar tashkil etdi, ammo yaqqol golli vaziyat ko‘zga tashlanmadi.
O‘z jamoamiz borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, birinchi bo‘limda yigitlar ikkita gol urishlari kerak edi. Futbolchilarni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman.
Endi bugungi o‘yinni unutamiz va 4 kundan so‘ng bo‘lib o‘tadigan navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- “Navbahor” tarkib borasida “Mash’al”dan kuchli. Raqibning o‘yinini yaxshilab o‘rganlaring hisobiga ushbu bahsda zafar quchishga muvaffaq bo‘ldinglarmi?

- “Navbahor”ni tarkib bo‘yicha kim jamoamizdan kuchli deb hisoblaydi? Mutaxassislarmi? Ular nima deb o‘ylashsa o‘ylayverishsin, men uchun “Mash’al” futbolchilari eng kuchli.
“Navbahor”ni kamsitmayman, to‘g‘ri, namanganliklar safida malakali futbolchilar ko‘p, terma jamoa a’zolari ham bor. Ammo men o‘z futbolchilarimizni kuchliroq deb bilaman.
Albatta, mazkur bahsdan oldin namanganliklarning o‘tgan turda “Surxon”ga qarshi kechgan o‘yinlarini ko‘rib, o‘rganib chiqdik. Bugun “Navbahor” tarkibida o‘tgan bahsga qaraganda, ayrim o‘zgarishlar bo‘ldi. O‘ng qanotda Hoshimov o‘ynamadi, o‘tgan o‘yinda ikki nafar hujumchi o‘ynagandi.
Umuman olganda, futbolchilar murabbiylar shtabining taktik va amaliy ko‘rsatmalarini to‘liq bajarishdi.
To‘g‘ri, ba’zi vaziyatlarda yigitlar xatoga yo‘l qo‘yishdi. Lekin futbol xatosiz bo‘lmaydi.

- “Mash’al” oldingi o‘yinlarda ham ko‘plab xavfli vaziyat yaratsa-da, ulardan foydalana olmasdi.Bugungi uchrashuvda ham shunday holat kuzatildi. Bu nima bilan bog‘liq

- Hisobda oldinga chiqib olganimizda, yigitlardan to‘liq himoyaga o‘tib olmasliklarini so‘radim. Balki bunga “Navbahor” bizni majbur qilgandir. Tarkibimizga ijaradagi ikki nafar futbolchi qaytdi. Ular “Mash’al” akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi. Ular jamoaning hujumini kuchaytirishdi.
Yana bir marta ta’kidlayman, men uchun o‘z futbolchilarimiz kuchli hisoblanishadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 09:24, 23.08.2020.
O'qildi: 3768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz