Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ravshan Haydarov va Odil Ahmedov davlat mukofoti bilan taqdirlanishdi

Ravshan Haydarov va Odil Ahmedov davlat mukofoti bilan taqdirlanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinlashib kelayotgan Vatanimiz mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirladi. Mazkur farmonda shunday deyiladi:

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, serqirra ijodi, ilmiy-innovasion faoliyati bilan mamlakatimizning ilm-fan, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar bilan taqdirlansin:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan
Haydarov Ravshan Akmalovich – futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar (U-23) terma jamoasi bosh murabbiyi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan
Ahmedov Odil Alimjonovich – futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“Do‘stlik” ordeni bilan
Risqiyev Rifat Asadovich – faxriy sportchi

Yugay Lev Pavlovich – Milliy tadqiqot texnologiya universitetining Olmaliq filiali matematika va umumiy kasbiy fanlar kafedrasi mudiri

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Gaziyev Bahromjon Valiyevich – O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi raisi

“Sog‘lom turmush” medali bilan
Arslonov Najib Gadiyevich – Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi boks bo‘limi murabbiyi

Boydadayev Abdujabbor Abdusattorovich – Uchqo‘rg‘on tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori o‘rinbosari, Namangan viloyati

Li Lyudmila Rudolfovna – Gimnastika bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi sport gimnastikasi bo‘yicha murabbiy-o‘qituvchisi

Paxomov Vladimir Yuryevich – Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi akademik eshkak eshish bo‘yicha katta murabbiy-o‘qituvchisi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mana shunday faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlangan barcha sport fidoyilarini samimiy muborakbod etib qoladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 23:16, 27.08.2020.
O'qildi: 6034 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.