Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Sergey Lushan: «Pro ligadagi tanaffus foydamizga ishladi»

Sergey Lushan: «Pro ligadagi tanaffus foydamizga ishladi»

Baho:
+ | -

Pro liga 3-turi doirasidagi «Dinamo» - «Xorazm» (3:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin Samarqand klubi bosh murabbiyi Sergey Lushan o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— «Xorazm»ga qarshi o‘yin oson kechmasligini bilardik, ammo bu daraja og‘ir bo‘lishini kutmagandik. Jamoamizga hali o‘ziga bo‘lgan ishonch yetishmayapti. Biz taklif etgan futbolchilar atroflarida qanday jamoadoshlari borligini tobora tushunib borishmoqda. 6 nafar futbolchi tarkibga kelib qo‘shilganiga hali ikki hafta ham bo‘lgani yo‘q, ular bilan mashg‘ulot jarayonida hali ko‘p ishlashimiz kerak. O‘yinni tashkil etish bo‘yicha ba’zi kamchiliklarimiz ko‘zga tashlanmoqda, ammo jamoamning o‘yinning oxirigacha qo‘lni tushirmay kurashgani menga yoqdi. Hech kim o‘z chig‘ida qotib qolgani yo‘q. Vaziyatlar borasida ko‘p ishlashimiz kerak. Birinchi bo‘limdagi 3ta yuz foizli vaziyatlarni golga aylantira olmasak, keyinchalik bizda muammo bo‘lishi mumkin. Ochig‘ini aytsak, «Xorazm» jamoasiga qarshi ularning o‘yinini o‘rganmay tayyorgarlik ko‘rgandik. Eng asosiysi yangi jamoamiz bilan ilk o‘yinimizda g‘alaba qozonganimizdir.

— Yangilangan «Dinamo» yaxshi o‘yin bilan dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, o‘yin tugagani hamonoq yana mashg‘ulot o‘tkazilayotgani nima bilan bog‘liq?
— Oxirgi bir yarim oy ichida biz jamoa yaratish ustida ish boshlab, hali oxirigacha shakllantira olmadik. Futbolchilar bir-birini oxirigacha tushuna olishayotgani yo‘q. Shunga qaramay, ular asosiy ko‘rsatma va talablarimizni bajara olishmoqda. Bugun ham oddiy vaziyatdagi xato tufayli gol o‘tkazib yubordik. Shunday xatolarni mashg‘ulotlar orqali yo‘qota olsak, oldimizdagi vazifani uddalash imkoniyati bo‘ladi. Bizda ishlov berish uchun material bor, bu jamoa. Umid qilamanki, yana 3-4 turdan keyin biz o‘yin mazmuniga ega jamoa paydo bo‘ladi. Hozirgi mashg‘ulotlar esa jamoa ertaga bemalol dam olishi uchun. Har holda tarkib 1,5 oydan buyon kuniga ikki mahaldan dam olmay mashg‘ulot o‘tkazdi.

— Qo‘l ostingizda yig‘ilgan tarkibdan qanchalik qoniqdingiz?
— Biz taklif qila olmay qolgan futbolchilar bor, ammo shunga qaramay nolisam gunoh bo‘ladi. Biz uchun eng foydali bo‘lgani bu – Pro liga o‘yinlarida katta tanaffus yuzaga kelgani bo‘ldi. Orada tarkibni jamlab, imkonqadar dam olishsiz ishlashga harakat qildik. Agar tanaffus bo‘lmay, men «Dinamo»ga kelganimning 3-kunidayoq o‘yinlarimiz boshlansa, nima bo‘lishini tasavvur qilishga ham qo‘rqaman. Chunki o‘shanda jamoa tarkibining yarmini hattoki familiyasini bilmasdim. Hozirga kelib jamoa bilan imkonqadar ishladik. Qo‘l ostimda yuqori saviyali o‘yin namoyish etishga qodir bo‘lgan yaxshi futbolchilar jamlangan. Ayni damda bizga natija kerak. Hozircha natijadan kelib chiqib, o‘yin ko‘rsatamiz.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:23, 30.08.2020.
O'qildi: 2689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.