Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Milan 1-1 Roma
30/12 22:30 Komo 2-0 Lechche
31/12 00:45 Bolonya - Verona
31/12 00:45 Ipsvich - Chelsi
31/12 00:45 Aston Villa - Brayton
31/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl

Ibrahimovichni ham cho‘chitgan «Milan»ning la’natlangan 9-raqami!

Ibrahimovichni ham cho‘chitgan «Milan»ning la’natlangan 9-raqami!

Baho:
+ | -

Ibrahimovichni ham cho‘chitgan «Milan»ning la’natlangan 9-raqami!

Zlatanning “Milan” bilan kelishuvga erishgani ma’lum bo‘lgach, Ibraning tez orada 9-raqamni egallashi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan. Van Basten, Papen, Badjo va Veadan so‘ng, ushbu raqamni qabul qilgan Filippo Inzagi o‘z ishini mukammal darajada ado etdi, biroqu jamoadan ketgach, klubda 9-raqamni olgan hujumchilardan negadir omad yuz o‘girishni boshladi...

Deyarli 10 yil davomida Indzagi 9-raqamning asl egasi ekanligini isbotlab berdi. Ikki bor YECHLda zafar quchgan hujumchi klub safida 126 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 2007-yildagi YECHL finalida hal qiluvchi gollarni kiritgan hujumchi Ibrahimovichning 9-raqamni olishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu voqea meni kulgimni qistaydi. To‘g‘ri, “Milan”da 9-raqamda harakat qilish og‘ir, lekin u la’natlanmagan. Agar Ibra ushbu raqamni tanlasa, barchasi yakuniga yetadi. Aks holda, men Vea va van Bastenla’natga uchraganimzni anglatadi”.

Aleshandro Pato – 2011/2013

Ushbu “tavqi-la’nat” aynan braziliyalik futbolchidan boshlagan desak, adashmagan bo‘lamiz. PipoGolning iste’fosidan so‘ng, katta sahnaga chiqib kelgan hujumchi birdaniga to‘purarlik mahoratini yo‘qotib qo‘ydi. 9-raqamni olguniga qadar har mavsumda (18, 14, 16) to‘purarlik namoyish etayotgan Pato negadir mavsumni atigi 4 ta gol bilan yakunlaydi. Keyin jarohatlar ketma-ketligi boshlandi va uning “Milan”ni tark etganini hech kim sezmay ham qoldi. Afsuski, iqtidorli hujumchining faoliyati aynan “Milan”dagi 9-raqamdan so‘ng boshqa o‘nglanmadi.

Alessandro Matri – 2013/2014

“Qonxo‘r” 9-raqamning navbatdagi “o‘ljasi” sifatida Alessandro Matrini ko‘rsatishimiz mumkin. Milan akademiyasida tarbiyalangan hujumchi asosan 34 va 43-raqamlarda harakat qilgan. Akademiyadagi turli yosh toifalarida o‘zini ko‘rsatgan Matri kutilganidek asosiy jamoaga o‘tdi, biroq kutilmaganda o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Unga topshirilgan 9-raqam og‘irlik qildimi, yoki boshqa sababmi Matri “Milan”da faoliyatidagi eng omadsiz mavsumni o‘tkazdi. Keyin, “rossoneri” uni “Kalyari” klubiga ijaraga berib yuboradi. E’tiborlisi shundaki, Matri ijarada o‘zini juda yaxshi namoyish etadi. Ajoyib mavsumdan so‘ng, Matrini “Yuventus” jamoasi sotib oladi. Turindagi mavsumlardan so‘ng, Matri yana “Milan”ga qaytdi. Yana 9-raqamni oldi va omadsiz mavsum o‘tkazdi. 18 ta o‘yinda maydonga tushgan hujumchi atigi bir bor raqib darvzasini ishg‘ol qildi xolos. Oqibatda, “Milan” uni busafar “Fiorentina”ga ijaraga berib yubordi. Matri esa, boshqa “Milan”ga qaytishni istamadi.

Fernando Torres – 2014

Jahon va Yevropa chempioni sifatida “Milan”ga tashrif buyurgan Torres ortiqcha muammosiz “A Seriya”ni “o‘ziniki” qilib olishi kutilgan edi. Afsuski, Torres ham 9-raqamda o‘zini noqulay his etdi va “Milan”da uzoq qolmadi. Yarim mavsum davomida 10 ta o‘yinda maydonga tushgan Torres, atigi 1 bor raqib darvozasini ishg‘ol qiladi va “Atletiko Madrid” klubiga ravona bo‘ladi. Ispaniyada o‘zini yaxshi his etgan hujumchi klubi bilan YECHL finaliga qadar yetib boradi.

Mattia Destro – 2015

Torres jamoani tark etgach, “Milan” “Roma”da o‘zini yaxshi namoyish etishga muvaffaq bo‘lgan Destroni ijaraga oladi. “Inter” klubi tarbiyalanuvchisi “Milan”da ushlanib qolishga harakat qildi, biroq yarim mavsumda atigi 2 ta gol kirita oldi xolos. Keyin, “Milan” uning transferini sotib olishdan bosh tortdi. Destro esa, faoliyatini Italiyaning o‘rtamiyona klublarida o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

Luis Adriano – 2015/16

2015/16-yilgi mavsum oldidan “Milan” ikkita janubiy amerikalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi. Karlos Bakka va Luiz Adriano zamonaviy “Milan”ning hujum tandemini hosil qilishi taxmin qilingan edi. Bakka “Milan”da yo‘qolib qolmadi, lekin 9-raqamni qabul qilib olgan braziliyalik hujumchi omadsizlikka yuz tutdi. Bir yarim mavsum davomida “rossoneri” sharafini himoya qilgan hujumchi 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga bor-yo‘g‘i 6 ta gol yozib qo‘ydi xolos. 2017-yil boshida futbolchi jamadonini yig‘di va Moskvaning “Spartak” jamoasi bilan shartnoma imzolash uchun Rossiyaga uchib ketdi.

Janluka Lapadula – 2016/17

Lapadula sifatli hujumchi, biroq “Milan”ning 9-raqamini qo‘lga kiritish darajasidagi forvard emas edi. Lapadulani “Milan” “B Seriya”da to‘p tepgan “Peskara”dan xarid qilgan edi. Quyi ligada 46 ta o‘yin o‘tkazgan futbolchi 30 ta gol kiritgan va “Milan”ning e’tiborini tortgan edi. Afsuski, daraja yakunda ma’lum bo‘lib qoldi. Avvaliga, Lapadula zaxira quroliga aylandi. Keyinroq bu vazifani uddalay olmasligi ma’lum bo‘lgach, “Milan” uni “Jenoa”ga sotib yubordi. Keyinroq, “Lechche” jamoasi bilan shartnoma imzolagan Lapadula hali-hamon “Milan” klubi tarixidagi eng omadsiz transferlardan biri sanaladi.

Andre Silva – 2017/18

Silva “Portu”dagi ajoyib mavsumdan so‘ng, “Milan” tomonidan kattagina summa evaziga sotib olinadi. Portugaliya terma jamoasidagi ishonchli o‘yinlari sababli uni hatto ikkinchi Ronaldu deb ham atashni boshlashdi. Umuman olganda, Silva katta rejalar bilan sotib olindi, lekin 9-raqamni olgach barchasi barbord bo‘ldi. 38 million yevro evaziga sotib olingan hujumchini (klub tarixidagi eng qimmat ikkinchi transfer) tanishtiruv marosimi juda yorqin o‘tkazildi. Yorqin transfer bo‘lishiga qaramay, Andre Kutronega raqobatni boy berdi va debyut mavsumida 2 tagina gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinroq, uni “Sevilya”ga ijaraga berib yuborishdi.

Gonsalo Iguain – 2018

Bundan bir necha yillar avval Gonsalo Italiya chempionatidagi eng yorqin hujumchi edi desak, adashmagan bo‘lamiz. 2018/19-yilgi mavsum boshida “Milan” tomonidan keyinchalik sotib olish sharti bilan (54 million yevro) ijaraga olingan argentinalik o‘zi uchun 9-raqamni tanlab oladi. Vaholanki, Gonsalo Milan shahri klubida o‘zini yaxshi ko‘rsatayotan edi. Barchasi “Yuventus”ga qarshi uchrashuvdan boshlandi. Avvaliga penaltini amalga oshira olmagan hujumchi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi va maydonni tark etdi. Keyin uning “rossoneri” safidagi omadsiz kunlari boshlandi. Hujumchining o‘yinidagi pasayishni kuzatgan “Milan” uni qishdayoq Turinga qaytarib yubordi.

Kshishtof Pyontek – 2019/20

Iguain ketgach, uning o‘rnini “Milan” “Jenoa”da o‘zini ko‘rsata olgan polyak bilan to‘ldirdi. 2018/19-yilning ikkinchi yarimda jamoa bilan shartnoma imzolgan hujumchi 19 -raqamni oldi va 21 ta o‘yinda 11 ta gol kiritdi. O‘tgan mavsum boshida, klub unga markaziy hujumchilarga xos 9-raqamni topshirdi va… Sezganingizdek, Pyontek ham ushbu raqam ostida to‘liq omadsizlikka uchradi. Oqibatda, qishda uni “Milan” “Gerta” jamoasiga sotib yubordi.

Zlatan Ibrahimovich 9-raqamdan voz kechdi!

Pyontek Ibraning jamoaga tashirifi aniq bo‘lgach, o‘ylab o‘tirmay Bundesligaga ravona bo‘ldi. 38 yoshli hujumchi MLSda o‘zini juda yaxshi his etdi va Yevropani qayta zabt etish maqsadida Italiyaga uchib keldi. Barcha uning qaysi raqamni tanlashiga qiziqdi. Ibra hech qanday tavqi la’natga ishonmasligini ma’lum qildi va 21-raqamni tanladi. Balki, tavakkal qilgisi kelmagandir. Yana kim biladi deysiz?!

Aslida, Zlatan o‘zining “Milan”dagi ilk yillarini faoliyatidagi eng omadlisi deb hisoblaydi. 2010-2012-yillar oralig‘ida futbolchi “rossoneri” safida 11-raqamda harakat qilgan. Balki 9-raqam haqida faraz shunchaki tasodifdir?! Balki, bunda ayrim sir yashirindir. Bunisi endi bizga qorong‘u.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:38, 31.08.2020.
O'qildi: 6540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.