Kirish Ro'yxatdan o'tish

Beyl: «Men futbol o‘ynashni istayman, ammo klub vaziyatni chigallashtiryapti»

Beyl: «Men futbol o‘ynashni istayman, ammo klub vaziyatni chigallashtiryapti»

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Garet Beyl klubdagi faoliyati borasida to‘xtalib o‘tdi.

«Agar Angliya Premyer-ligasi klublari tomonidan taklif tushsa, men ularni albatta ko‘rib chiqaman. Ko‘ramiz, transfer oynasi yopilishiga hali ko‘p vaqt bor. Buni vaqt ko‘rsatadi, ammo, gap shundaki, qaror qabul qilish «Real»ning qo‘lida.

Men o‘tgan yili jamoadan ketishni istagandim, ammo ular so‘nggi soniyada ketishimga to‘sqinlik qilishdi. Bu ajoyib loyiha edi, ammo u amalga oshmadi. Boshqa jamoalarga o‘tish uchun imkoniyatlar bor edi, ammo klub bunga imkon bermadi. Hammasi klubga bog‘liq. Men futbol o‘ynashni istayman. To‘p tepish uchun menda hali motivasiya bor. Ammo barchasini klub nazorat qilmoqda. Mening shartnomam mavjud.

Bor-yo‘g‘i 31 yoshdaman. Lekin hali yaxshi formada ekanimni his qilyapman. Klub bera oladigan narsam bor. Ko‘ramiz, nima bo‘lar ekan. Barchasi klub qo‘lida. Lekin ochig‘ini aytsam, ular vaziyatni chigallashtirishmoqda», — dedi Beyl "Sky Sports"ga bergan intervyusida.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 06:38, 03.09.2020.
O'qildi: 4996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.