Italiyaning «Atalanta» klubi futbolchisiga aylangan rossiyalik Aleksey Miranchuk yangi jamoasidagi dastlabki uchrashuvini oktyabr oyida o‘tkazadi, deya xabar bermoqda Football Italia.
Futbolchining Moskvaning "Lokomotiv" klubida o‘ynab yurgan paytida ortirib olgan ozgina jarohati bor. Shu sababli, Miranchuk ushbu jarohatini davolatish uchun 4 hafta vaqt kerak bo‘ladi.
Italiya A Seriyasi 19 sentyabr kuni boshlanadi. Bergamoliklar Miranchukning debyuti uchrashuvi 4 oktyabr kuni «Kalyari» klubiga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda yuz berishiga umid qilishmoqda.