Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

PSJga Tomas kerak

Parijning PSJ jamoasi “Atletiko Madrid” yarim himoyachisi Tomas Partini qo‘lga kiritish uchun tarkibdagi futbolchilarni sotuvga qo‘ymoqchi.

“L’equipe” nashrining ma’lum qilishicha, parijliklar Yulian Draksler va Idris Guyelarning transferga qo‘yish orqali 60 million yevroni qo‘lga kiritmoqchi.

Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu summaning 50 millioni “Atletiko Madrid” yarim himoyachisini qo‘lga kiritish uchun sarf etiladi.

Cherishev “Krasnodar”ga o‘tadimi?

Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Denis Chereshev faoliyatini RPLda davom ettirishdan voz kechdi.

“Superdeporte” nashrining ma’lum qilishicha, 29 yoshli futbolchi bilan “Krasnodar” klubi shartnoma imzolash niyatida edi, biroq rus futbolchisi “Valensiya” tarkibida qolishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, transfermarket portali yarim himoyachini 4,8 million yevroga baholamoqda.

“Bayer” ishga kirishdi

Germaniyaning “Bayer” klubi “Lion” yarim himoyachisi Jef Ren-Adelaidani o‘z safiga qo‘shib olish uchun muzokaralarga kirishdi.

GFFNnashri bergan xabarlarga qaraganda, 22 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun nemis klubi 30 million yevrodan voz kechmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, JefLondonning “Arsenal” jamoasitarbiyalanuvchisisanaladi. “To‘pchilar” safida o‘zini ko‘rsata olmagach, uni “Lion” o‘z tarkibiga qo‘shib olgan edi.

“Chelsi” transferga yaqin

Londonning “Chelsi” klubi tez orada tarkibiga darvozabon qo‘shib oladi.

“Goal” nashri bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, bukipper “Renn” darvozaboni Eduara Mendi bo‘lishi kerak.

Manbaning ma’lum qilishicha, 28 yoshli futbolchi uchun “Chelsi” 30 million yevro sarf etadi.

Grizman nishonda

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi hujumchisi Antuan Grizman faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

“Daily Mail” nashrining ma’lum qilishicha, 29 yoshli futbolchi bilan “Manchester Yunayted”, “Arsenal” va “Liverpul” klublari jiddiy qiziqib qolgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, Messining jamoada qolishi Antuanning rejalarini o‘zgartirib yuborgan. Endilikda, hujumchi Leoning soyasida qolib ketmaslik uchun ham o‘z jamoasini o‘zgartirmoqchi.

Beyl ketadimi?

Madridning “Real” klubi vingeri Garet Beyl katta ehtimol bilan yangi mavsumni ham “qaymoqranglilar” safida o‘tkazadi.

Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, Beyl borasida “Real”ga birorta taklif kelib tushmagan.

“Marca”ning ma’lum qilishicha, “Real” uelslik futbolchi borasida barcha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:21, 07.09.2020.
O'qildi: 14562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.