Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Giggz: «Hech qachon penaltini Pogba, Azar va Fernandeshlar kabi amalga oshirmagan bo‘lardim»

Giggz: «Hech qachon penaltini Pogba, Azar va Fernandeshlar kabi amalga oshirmagan bo‘lardim»

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq futbolchisi, ayni paytda Uels terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan Rayan Giggz penalti tepish texnikasi haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

«Shunday futbolchilar borki, zarbadan oldin darvozabonning ko‘ziga qarashadi. Eden Azar ajoyib texnikaga ega, lekin zarbadan oldin juda sekin harakat qiladi. Hatto, Brunu Fernandesh penaltini kichik sakrash bilan amalga oshirmoqda.

Men hech qachon bunday qilmagan bo‘lardim. Mening falsafam quyidagicha edi: to‘pni asosan burchakka yo‘naltirardim. Hatto darvozabon to‘pni yo‘nalishini to‘g‘ri topgan taqdirda ham, gol bo‘lishi aniq edi. Shu sababli, darvozabonning qaysi tarafga yo‘nalishi men uchun muhim emasdi. Agar men pastki burchakka zarba berganimda, darvozabon bu to‘pni qaytara olmasdi.

Shu sababli, men darvozabonning ko‘ziga qaramaganman va ko‘ngilochar o‘yinlarni o‘ynashga harakat qilmaganman. Penaltini ko‘ngilocharlik bilan amalga oshirish uchun Azar va Brunudek ishonch bo‘lish kerak. Pogba ham qachonlardir sekin yugurib to‘pga zarba paytlari bo‘lgan. Men hech qachon bunday qilmagan bo‘lardim», – dedi Gigg Goal portali bilan intervyuda.

Kiritildi: 20:44, 07.09.2020.
O'qildi: 5727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик