"Lion" hujumchisi Memfis Depay borasida takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda jurnalist Muhammed Buxafsi yozmoqda.
Depayning "taqachilar" bilan shartnomasi keyingi yozgacha mo‘ljallangan. Hujumchi yangi shartnoma imzolashni xohlamayapti, shu sababli "Lion" u bilan xayrlashishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Memfis uchun "Barselona" klubi asosiy da’vogar bo‘lib turibdi