Kirish Ro'yxatdan o'tish

Klopp «Chelsi»ning yangi xaridlari haqida fikr bildirdi

Klopp «Chelsi»ning yangi xaridlari haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Londonning «Chelsi» klubini transfer bozoridagi xaridlari haqida o‘z munosabatini bildirdi. «Stemford Bridj»dagilar yangi futbolchilarni xarid qilish uchun 200 million funtdan ziyodroq mablag‘ sarf qilishdi.

«Ha, ular ko‘plab futbolchilarni qo‘lga kiritishdi va bular qachonlardir ularning ustunligiga aylanishi mumkin. Lekin, bir narsani unutmaslik kerak, ustunlik tez orada ro‘y bermaydi.

Siz bir qator futbolchilarni xarid qilib, ulardan tezroq natija talab qila olmaysiz. Buning uchun vaqt talab etiladi. Natija qilish uchun faqatgina tajribali futbolchilarni jalb qilishni o‘zi kamlik qiladi.

Bizning ustunlik tomonimiz shundaki, biz bu tarkib bilan ancha yillardan beri birga mehnat qilamiz. Bizda yuqori natijalarni qo‘lga kirita oladigan jamoa bor», - dedi Klopp.

Kiritildi: 11:02, 10.09.2020.
O'qildi: 6851 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.