"Arsenal" hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang "kanonirlar" bilan shartnomasini yangilashga yaqin turibdi.
Futbolchi yangi shartnomaning barcha shartlarini kelishib oldi va tomonlar uni yaqin vaqt ichida imzolashi kerak.
Shartnoma 2023 yil iyungacha mo‘ljallanadi.
Ma’lumot uchun, futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil iyunida yakuniga yetadi.