Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/06 01:00 Angliya 4-2 Xorvatiya
18/06 04:00 Gana 1-0 Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston 1-3 Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya 1-1 JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina
19/06 03:00 Kanada - Qatar
19/06 05:00 Meksika - Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh - Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya - Marokash
20/06 05:30 Braziliya - Gaiti
20/06 08:00 Turkiya - Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya - Shvesiya

Baxtiyor Hamidullayev: «Hujumchilarimiz birinchi davrada bo‘lgani kabi gol ura olgani yo‘q»

Baxtiyor Hamidullayev: «Hujumchilarimiz birinchi davrada bo‘lgani kabi gol ura olgani yo‘q»

Baho:
+ | -

Superliganing 14-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Andijon" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullayev ishtirok etdi.

— Jismoniy tayyorgarlik umuman yo‘q, 60-70 daqiqalarda futbolchilarimiz charchab qolishmoqda, shuning uchun bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynasak ham jismoniy tarafdan qiynalib qoldik.

— Farhod Bekmurodov jamoa sardori edi, lekin bugungi o‘yinda Abdulloh Olimov sardor sifatida harakat qildi, nega bunday bo‘ldi?
— Biz jamoa a’zolari bilan so‘rovnoma o‘tkazdik. Birinchi o‘rinda Zozulya nomzodi ilgari surildi, ikkinchi o‘rinda esa Abdulloh Olimov, 3-4 o‘rinlarni Qaxramon Baxodirov va Farxod Bekmurodov egalladi. Shu sababli bugun Abdulloh Olimov sardor sifatida maydonga tushdi.

— Futbolchilarimiz mashg‘ulotlardan tashqari o‘zlari alohida mashg‘ulotlar olib borishyaptimi?
— Hozir vaqt juda kam, futbolchilarimiz ulgirmay qolishmoqda, har 5kunda o‘yin bo‘lmoqda

— Bilamiz, siz hujumchi bo‘lgansiz, mashg‘ulotlardan tashqari hujumchilar bilan alohida ishlayapsizmi?
— Bu endi boshlanishi, birinchi navbatda himoyaga e’tibor qaratyapmiz, menimcha bugun himoyachilarimiz yomon o‘ynamadi. Himoyadagi muammolarimiz deyarli hal bo‘lmoqda, keyin esa yarim himoya va hujumga e’tibor qaratamiz.

— Nega bugun Xushnud Avilov himoya markazida o‘ynadi?
— To‘g‘risi markaziy himoyachi Emmanuel Arivachukvuga ishonchim yo‘q, mendan oldin Xushnudni markaziy himoyachi sifatida tayyorlashayotgan ekan, menimcha bugun Xushnud yaxshi o‘ynadi

— Zozulya jamoaga qaytadimi?
— Qaytadi. Uning masalasi shu kunlarda xal bo‘ladi

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 20:03, 10.09.2020.
O'qildi: 3124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик