Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Derbi: «Metallurg» — AGMK (prevyu)

Derbi: «Metallurg» — AGMK (prevyu)

Baho:
+ | -

2020 yilgi futbol mavsumi AGMK uchun azaliy raqib sanalgan Bekobodning "Metallurg" jamoasiga qarshi o‘yin orqali boshlangandi. Mavsumning qoq yarmi o‘tdi va jamoa ikkinchi davra starti arafasida.

Superliganing 14-turida turida AGMK Bekobodda «Metallurg» mehmoniga aylanadi.
Bu to‘qnashuv jamoalarning chempionat doirasidagi o‘zaro 26-bellashuvi bo‘ladi. Toshkent viloyati derbisida AGMK va "Metallurg" chempionat doirasida 25 marotaba to‘qnash kelgan. O‘tkazilgan uchrashuvlarda 11 g‘alaba AGMK hisobiga, 11 yutuq "Metallurg" nomiga yozilgan. Qolgan 3 bellashuvda esa g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati 47-46, jamoamiz foydasiga.

Umumiy hisob-kitobga ko‘ra, AGMK va "Metallurg" barcha musobaqalarda jami 29 marotaba to‘qnash kelgan va unda AGMK 12 g‘alaba, "Metallurg" 13 g‘alaba va qolgan 4 bellashuvda durang natijasi qayd etilgan.

Superliganing 14-turi doirasidagi AGMKning ehtimoliy g‘alabasi jamoamizga ushbu qarama-qarshilikning chempionat tarixidagi ko‘rsatkichini yaxshilaydi va g‘alabalar soni bo‘yicha "Metallurg"dan o‘zib ketish imkoniyatini beradi. Shuningdek, ehtimoliy g‘alaba barcha musobaqalardagi umumiy ko‘rsatkich bo‘yicha hisob-kitobni tenglashtiradi.

Ayni paytda jamoamiz musobaqa jadvalida 29 ochko bilan 2-o‘rinda, «Metallurg» esa 22 ochko to‘plagan holda 6-o‘rinni egallab turibdi.

Uchrashuv 12 sentyabr kuni soat 19:00da Bekoboddagi o‘yingohda boshlanadi.

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 01:10, 11.09.2020.
O'qildi: 2383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.