Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 0-0 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 1-1 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Hamidjon Aktamov: "Hakamni bizda qasdi bor shekilli"

Hamidjon Aktamov: "Hakamni bizda qasdi bor shekilli"

Baho:
+ | -

"Nasaf" - "Qizilqum" uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Hamidjon AKTAMOV o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bilmadim... Birinchi bo‘limda hakam bir necha xatolarga yo‘l qo‘ydi, bilmadim, hakamning bizda qasdi bormi?! O‘tgan turda ham hakamlarning qurboni bo‘ldik. Tezroq VARni olib kelish kerak. To‘g‘ri, himoyadagi xato sababli 3-daqiqadayoq gol o‘tkazib yubordik, biroq tezda javob qaytargandik. Hakamlar esa golni inobatga olishmadi. Ko‘rmagan emish... Narigi tomondagi hakam esa vaziyatni hal qilyapti. Men ham ko‘rib, eshitib turibmanku. Mening yonimdagi hakam narigi yarim maydondagi vaziyatga aralashyapti. O‘tgan davrada Namangandagi o‘yinda ham darvozamizga yo‘q joydan penalti belgilashgandi. Hakamlar bizni yomon ko‘rishadimi deyman. Erkin Boydullayevga qarshi yaqqol qoida buzilishida ham hakam o‘yinni to‘xtatmadi. Ko‘p joylarda hushtaksiz o‘yinlar boshlanib ketdi. Hakamlar juda ko‘p xatolikka yo‘l qo‘yishdi. Ular birinchi bo‘limning o‘zida bizni sindirdi. Futbolchilarga ham yo‘q joydan sariq kartochkalar berildi.

Hakamlarning g‘alati qarorlari futbolchilarimning ruhiyatiga ta’sir qildi. To‘g‘ri, xatolar yo‘q emas. Bahs yuqori tempda o‘tdi, "Nasaf" kuchli o‘ynadi. Lekin biz ham bunchalik yirik hisobga loyiq emasdik.

- Markazlashtirilgan chempionatda "Qizilqum" tarkibni kuchaytirdi va o‘yin saviyasini ancha oshirganini ko‘rsatgandi. Biroq bugun ilk daqiqalardanoq o‘yin qovushmadi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

- O‘yinga yaxshi tayyorlangandik. Hakam esa bizni juda erta sindirdi. Ko‘rib turib, tushunmayapman. Nega? Nima sababdan? Biz bunday natijaga loyiq emasdik.

- "Qizilqum"ning inobatga olinmagan goli yirik hisob bo‘lib ketishiga ta’sir ko‘rsatdimi?

- Albatta, ta’sir ko‘rsatdi. Futbolchi mehnat qilyapti, yuguryapti. Ikkinchi golga ham yaqin kelgandik. Fol bo‘lgan paytda hakam 3 metrdan turib olib, o‘yinni davom ettirishni talab qilyapti. Qachongacha hakamlar shunday qilaveradi, bilmadim.

"Nasaf" jamoasining kelajagi juda porloq. Yigitlarning omadini bersin. Kucherenko akademiyadan zo‘r futbolchilarni yetishtirib beryapti. Shu odam kasalxonada betob bo‘lib yotgan ekan. Tezroq tuzalib, ishga qaytishini tilab qolaman. Shunday natijalarda Kucherenkoning qilgan faoliyati ko‘rinadi.

Manba: ФК "Қизилқум"
Kiritildi: 01:24, 11.09.2020.
O'qildi: 3040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик