Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Klopp: «Nima uchun o‘zgartirish kiritishim kerak?»

Klopp: «Nima uchun o‘zgartirish kiritishim kerak?»

Baho:
+ | -

Angliyaning «Liverpul» jamoasi ustozi Yurgen Klopp APL starti oldidan klub rasmiy sayti uchun kichik intervyu berib o‘tdi. Nemis mutaxassisi yangi mavsumdagi rejalari va jamoasining ruhiy holatiga to‘xtalib o‘tdi.

Yurgen Klopp:

“Kimdir menga chempionlikni saqlab qolish lozimligi haqida so‘zladi. To‘g‘risi, hozir o‘sha inson kim ekanligini eslay olmadim. Bilasizmi, bu so‘zlar meni biroz taajubga solib qo‘ydi. Balki, men bu so‘zni ma’nosini anglab yetishga qodir darajada bilimga ega emasdirman?!

Men bir narsaga sira tushunmayapman. To‘g‘ri, biz o‘tgan mavsumda oltin medallarni o‘zimizniki qilib oldik, biroq yangi mavsum boshida yana shu savol bilan murojaat etish qay darajada to‘g‘ri? Biz o‘tgan mavsumda bu ishga qodir ekanligimizni isbotladik. Xo‘sh, bu biz endi yangi mavsumda chempionlik uchun kurashmaymiz deganimi? Muxlislarni tushunish qiyin. «Liverpul» buyuk klub. Shu sababli, mavsum startida qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrin uchun maydonda «o‘lishga» ham tayyormiz. Bundan xavotir olmang! Biz shunchaki rasmiyatchilik uchun maydonga tushmoqchi emasmiz!

Mening bu mavzudagi fikrlarim shunday. Shu sababli, APLdagi yangi mavsum oldidan barchada 0 ochko! Shunday ekan, keling endi harakatni boshlaymiz! Men «Liverpul»da o‘tkazgan yillarimning barchasi shu maqsad sari yo‘naltirilgan edi. Nima uchun endi barchasini o‘zgartirishimiz kerak?

Biz Yevropa Chempionlar Ligasida finalga qadar yetib bordik, biroq mag‘lub bo‘ldik. Kelasi mavsumda APLda ikkinchi bo‘ldik, biroq YECHLda zafar quchdik. Keyinroq, uzoq kutilgan APL oltin medallariga ham ega chiqdik. E’tibor bergan bo‘lsangiz, maqsadlarimiz sari sekin, biroq dadil odimlayapmiz.

Yangi mavsum oldidan o‘yin falsafamiz mavjud. Biz hammasini boshidan takrorlamoqchimiz! Buning har bir o‘yinda 90 daqiqa harakat qilishga tayyormiz. Agar har bir o‘yinda bor kuchimizni ishga solsak, biz yana shohsupadamiz!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:17, 12.09.2020.
O'qildi: 8694 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.