Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Mirjalol Qosimov: «Omad bugun «Metallurg» tarafda bo‘ldi»

Mirjalol Qosimov: «Omad bugun «Metallurg» tarafda bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Superliganing 14-tur doirasidagi bahsda AGMK Bekobodda "Metallurg" mehmoniga aylandi va mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatni qarshi oldi. O‘yindan keyin Mirjalol Qosimov uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Derbiga xos qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Bugun omad "Metallurg"ga kulib boqdi. Chunki birinchi taymda ham, gol o‘tkazgandan keyin ham ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi. Lekin gol bir kirmasa qiyin ekan. "Metallurg" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Men bugungi o‘yindagi jamoamning harakatidan uyaladigan joyim yo‘q. Ularning ko‘rsatgan o‘yinidan xursandman. Ular bahs so‘nggiga qadar oxiragacha kurashishdi. Futbolda g‘alaba bilan mag‘lubiyat doim yonma-yon yuradi. Kiyinish xonasida ham yigitlarga bugungi futbol uchun minnatdorchilik bildirib qo‘ydim. Chunki uyaladigan o‘yin qilishgani yo‘q. Futbolda yozilmagan qoida bor: sen urmasang, senga urishadi. Keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Suhrob Sultonov va Saydullo Rahmatov koronavirus chiqqani tufayli bugungi o‘yinda nafaqat maydonda, balki qaydnomadan ham o‘rin olishmadi. Ular izolyasiya qilingan. AGMKda yarim jamoadan ko‘prog‘i mazkur kasallikdan o‘tib bo‘lishdi.

Hujumchilarning samaradorligi pastligi? Uchta hujumchiga 4ta gol? Bu albatta kam. Biz imkon qadar uchala hujumchimiz xizmatidan foydalanyapmiz. Bugun ham ularda gol urish uchun imkoniyat paydo bo‘lgandi. Ishlayapmiz. Albatta hujumchilarning golli ko‘rsatkichi past.

Hojimat Erkinovning ketishi? Bizda Hojimat Erkinov ijarada asosida o‘ynardi. "Paxtakor" klubi uni ortga qaytardi. Uning yo‘qligi jamoamiz o‘yiniga katta ta’sir qildi, demagan bo‘lardim. Albatta bizda yaxshi o‘ynab, ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Iqtidorli futbolchi. "Paxtakor" OCHL uchun Erkinovni ortga qaytardi. Shu fursatdan foydalanib, "Paxtakor"ga va Hojimat Erkinovga indinga restart oladigan OCHLda omad tilayman", — deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Mirjalol Qosimov.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 21:29, 12.09.2020.
O'qildi: 2398 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик