Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Andrey Shipilov: «Bugungi g‘alabamizni klubimizning marhum prezidentiga bag‘ishlaymiz»

Andrey Shipilov: «Bugungi g‘alabamizni klubimizning marhum prezidentiga bag‘ishlaymiz»

Baho:
+ | -

"Metallurg" – AGMK (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaning ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bugun Toshkent viloyati derbisining mana shunday qiziqarli, to‘qnashuvlarga boy bo‘lishini kutgandik. Har ikki jamoa murosasiz, qiziqarli o‘yin ko‘rsatdi.

AGMK chempionat yetakchilaridan biri va haqli ravishda yuqori pog‘onalarda bormoqda. Biz o‘z imkoniyatlarimizdan birini golga aylantira oldik. AGMKda ham yetarlicha vaziyatlar bo‘ldi. Biroq bugun omad biz tomonda bo‘ldi.

Bugungi g‘alabamizni yaqinda vafot etgan klubimiz prezidentining yorqin xotirasiga bag‘ishlaymiz.

Ayni paytda shifoxonada davolanayotgan jamoamiz ma’muri Ravshan Begmatovga sog‘liq tilaymiz va tezroq safga qaytishini kutib qolamiz.Fursatdan foydalanib, klubimizning fidoyi shifokoriga va uning jamoasiga ham minnatdorchilik bildiramiz.

— Shahzod Ubaydullayev va Doniyor Narzullayev nega birinchi bo‘limda maydonga tushmadi va zaxirada qoldirildi?
— Shahzod va Doniyor butun mavsum davomida tanaffussiz o‘ynab kelishdi. Doniyor faqat Olmaliqda o‘ynamagandi, Shahzod esa deyarli hamma tur o‘yinlarida to‘liq qatnashdi. Ularni avaylashimiz kerak. Bundan tashqari Shahzodda kichik jarohati bor edi.

— "Metallurg"ning ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan kelib chiqib aytsak, jamoa kuchli uchlikka kira oladimi?
— Hali oldinda 9-10 tur bor. Keling, mavsum yakuniga, dekabr oyigacha yetib boraylik. Biz qo‘limizdan kelganicha harakat qilayapmiz. Bu yo‘lda astoydil mehnatdan to‘xtamaymiz, ”, - deydi Andrey Shipilov.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 06:30, 13.09.2020.
O'qildi: 2285 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик