Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya 2-2 Real Madrid
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq - Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi - Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao

Mbappe ketmoqchi!

Mbappe ketmoqchi!

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Liverpul» kimlarni transferga qo‘yadi?

Angliyaning «Liverpul» jamoasi transfer oynasi yopilguniga qadar 3 yo 4 ta futbolchisini sotib yubormoqchi.

“Sky Sport” nashrining ma’lum qilishicha, jamoa futbolchilarning maoshi va yangi transferlar uchun pul ajratish niyatida shu ishga qo‘l urmoqda.

“Sky Sport” eksperti Jimmi Karragerning aytishicha, «Liverpul» jamoaning moliyaviy ahvoli sababli Tyago Alkantara bilan shartnoma imzolay olmayapti.

«Manchester Yunayted» vinger izlamoqda

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi Jeydon Sanchoning o‘rniga Garet Beylni o‘z safiga qo‘shib olishini mumkin.

“Readfootball” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, «qizil iblislar» qanotlarni kuchaytirish maqsadida uelslik futbolchi bilan shartnoma imzolash niyatida.

Manbaning ma’lum qilishicha, Beyl mavsum oldi mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti. Zidan ham o‘z shogirtining boshqa klubga o‘tishiga qarshi emas.

«Yuventus» tejamkor rejimaga o‘tadimi?

Turinning «Yuventus» klubi Duglas Kosta borasida so‘nggi qarorga keldi.

Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, jarohatlarga moyil futbolchi bilan « Yuventus» hamkorlikni davom ettirmoqchi emas. Shu sababli, ushbu transfer oynasida Kosta borasidagi istalgan taklini «zebralar» ko‘rib chiqishga tayyor.

Kostaning agenti esa, mijozi Turinda baxtli ekanligi va yangi mavsumda o‘zini ko‘rsatishga urinib ko‘rishi haqida ma’lumot tarqatmoqda.

Mbappe ketmoqchi!

Parijning PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe kelasi mavsumda klubni tark etishini jamoa rahbarlariga ma’lum qildi.

“The Times” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, fransuz o‘tgan mavsum so‘nggida Ispaniya yoki Angliyaga ko‘chib o‘tmoqchi edi, ammo COVID-19 sababli rejalarini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, Mbappe klub safida yana bir mavsum to‘p tepadi va katta ehtimol bilan «Real Madrid» safiga borib qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe uchun 2017 yilda PSJ 145 million yevro sarf etgan va ayni damda Kilian dunyoning eng qimmat futbolchisi sanaladi.

Mustafi ketadimi?

Angliyaning “Arsenal” jamoasi himoyachisi Shkordan Mustafi kelasi mavsumni “A seriya”da davom ettirishga yaqin turibdi.

LGDSnashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, himoyachi bilan «Napoli» jiddiy qiziqib qolgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, Mustafi uchun «Napoli» katta summa taklif etmaydi. Sababi, himoyachining klub bilan tuzgan shartnomasi kelasi mavsumda o‘z yakuniga yetadi. Boz ustiga, ayni damda Mustafi jarohatini davolash bilan band.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:17, 13.09.2020.
O'qildi: 12410 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.