Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

OCHL. Bugun “Al Hilol” – “Paxtakor”

OCHL. Bugun “Al Hilol” – “Paxtakor”

Baho:
+ | -

Bugun “Paxtakor” futbol klubi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi ishtirokini davom ettiradi. Yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat sabab OFK qarori bilan qolgan uchrashuvlar markazlashgan tizimda o‘tkaziladi.

“V” guruhidan o‘rin olgan “Sherlar” Qatarda ketma-ket 4 ta uchrashuv o‘tkazadi. Ulardan dastlabkisi bugun Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasiga qarshi kechadi. E’tiborlisi, yana 3 kundan so‘ng amaldagi O‘zbekiston chempionini ushbu klub bilan ikkinchi uchrashuv kutib turibdi. Ma’lumot uchun, “Al Hilol” bir necha kun avval Saudiya chempionligini qo‘lga kiritdi. «Paxtakor» o‘zaro o‘yinlar tarixida ushbu jamoani hali biror marta mag‘lub eta olmagan.

“Paxtakor”ning musobaqadagi taqvimi:

3-tur, 14 sentyabr
“Al Hilol” (Saudiya Arabistoni) – “Paxtakor”

4-tur, 17 sentyabr
“Paxtakor» – Al Hilol” (Saudiya Arabistoni)

5-tur, 20 sentyabr
“Shabab Al Ahli” (BAA) – “Paxtakor”

6-tur, 23 sentyabr
“Shahr Xodro” (Eron) – “Paxtakor”

Barcha uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi. Ayni paytgacha «Paxtakor» va «Al Hilol» hisobida 6 tadan ochko mavjud bo‘lsa, BAA va Eron jamoalari hali biror ochko qo‘lga kiritmagan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 09:51, 14.09.2020.
O'qildi: 9907 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик