Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

«Meni bo‘g‘ishga harakat qilishdi». Mahrezning singillariga hujum uyushtirildi

«Meni bo‘g‘ishga harakat qilishdi». Mahrezning singillariga hujum uyushtirildi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Riyod Mahrezning ikki singlisi — Dunyo va Inesga ularga tegishli go‘zallik salonida hujum uyushtirilgan.

"The Sun" tarqatgan xabarga ko‘ra, voqea Parijda ro‘y bergan. Salonga tashrif buyurgan mijozlardan biri xizmat uchun haq to‘lashdan bor tortishi natijasida mojaro yuzaga kelgan. Shundan so‘ng salonga 3ta mashinada 12 nafar kishi yetib kelib, Mahrezning singillari va boshqa xodimlariga hujum uyushtirishgan. Oqibatda ular tan jarohatlari olishgan.

«Biz jarohat oldik va ruhiy iztirobga tushdik. Nima uchun bunday hodisa ro‘y berganini bilmaymiz. Balki, biz Riyodning singlisi bo‘lganimiz usundir? Ular baqir-chaqir qilishdi, haqoratlashdi, buyumlarni uloqtirishdi va shafqatsizlarcha harakat qilishdi. Ulardan biri meni bo‘g‘ishga harakat qildi, boshqasi esa singlimni tepdi», — dedi Dunyo.

Mahrezning o‘zi esa voqea joyiga yetib kela olmadi. Chunki, u bir hafta ilgari koronavirusga chalingan edi. Hozirda u karantin muddatini o‘tamoqda.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 08:50, 15.09.2020.
O'qildi: 8158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик