Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

OCHL. «Paxtakor» ikkinchi bahsda «Al-Hilol» bilan durang o‘ynadi

OCHL. «Paxtakor» ikkinchi bahsda «Al-Hilol» bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasining "V" guruhida ishtirok etayotgan "Paxtakor" bugun "Al-Hilol"ga qarshi ikkinchi uchrashuvni o‘tkazdi. O‘yinda hisob ochilmadi.

Saudiyaliklar bahs davomida xavfli vaziyatlar yaratish va zarbalar soni bo‘yicha ustunlik qilishdi. Ammo ularga toshkentliklar darvozasini ishg‘ol qilish nasib etmadi. "Al-Hilol" himoyada ham ishonchli harakat qilib, "Paxtakor"ga golga tortadigan vaziyat yaratish imkonini bermadi.

Ushbu durangdan so‘ng "Al-Hilol"ning ochkolari 10taga, "Paxtakor"niki esa 7taga yetdi. Jamoamiz 3 kundan so‘ng BAAning "Shabab al-Ahli"ga qarshi maydonga chiqadi.

OCHL, "V" guruhi, 4-tur
«Paxtakor» - «Al-Hilol» - 0:0
Ogohlantirishlar: Anzur Ismoilov (45+1), — Muhammad Kanno (66)
"Paxtakor": Quvvatov, Alijonov, Krimes (S), Anzur Ismoilov, Sayfiyev (Komilov 76), Hamrobekov, Abror Ismoilov, Hamdamov (Sidiqov 67), Sobirxo‘jayev (Abdullayev 90+1), Masharipov, Derdiyo‘q (Sergeev 67)
"Al-Hilol": Abdulloh Al Muayuf, Ali Al Bulayhiy, Sebastyan Jovinko, Nossir Al Davsariy, Bafetimbi Gomis, Andre Karrilyo, Jan Xyun Su, Amir Kurdi, Muhammad Kanno, Salim Al Davsariy (Xatan Sulton 89), Muhammad Jahfali.
Hakamlar: Navaf Shukrulla, Muhammad Jafar Salmon, Abdulla Solih Alrovaimi (uchalasi Bahrayn), Dilan Perera (Shri-Lanka).
Nazoratchi: Subhiddin Bin Mohd Solih (Malayziya).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:02, 18.09.2020.
O'qildi: 4229 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик