Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Tyago Alkantara «Bavariya» bilan xayrlashdi

Tyago Alkantara «Bavariya» bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" yarim himoyachisi Tiago Alkantara myunxenliklar rahbariyati, futbolchilari va muxlislari bilan xayrlashish maqsadida maktub yo‘lladi.

"Ha, men faoliyatimdagi eng qiyin qarorni qabul qildim. Ushbu mo‘’jizakor klubdagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Men bu jamoada so‘nggi 7 yil davomida futbolchi sifatida o‘sdim va rivojlandim.

Myunxenga o‘smir paytimda kelib, barkamolga yetgan o‘yinchi sifatida ketayotganimdan faxrlanaman. Bu yerda: shaharda va sevimli "Alyans-Arena"mizda men va oilam fantastik vaziyatlarni boshdan kechirdik.

Mening qarorim faqat sport bilan bog‘liq. Futbolchi sifatida o‘sishga erishishim uchun menga yangi sinovlar kerak. Lekin Myunxen hamisha o‘z uyim bo‘lib qoladi. Katta rahmat, "Bavariya"!, - deya yozdi Tyago Twitter orqali.

Eslatib o‘tamiz, Tyago 2013 yilda "Barselona"dan "Bavariya"ga o‘tgan edi. Bundesliganing joriy mavsumida u 24ta o‘yinda ishtirok etib, 3ta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, Alkantara faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi kutilmoqda.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 16:25, 18.09.2020.
O'qildi: 4514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик