"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe 18 sentyabr, juma kuni jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi koronavirusga chalingani uchun 2 haftalik karantin muddatini o‘tadi. Fransiyalik futbolchi mashg‘ulotga qaytganiga qaramay, u Liga-1ning 4-turidan o‘rin olgan "Nissa"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.