Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912»: O‘zaro o‘yinlar tarixidan

«So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912»: O‘zaro o‘yinlar tarixidan

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 16-tur doirasidan o‘rin olgan  “So‘g‘diyona” - “Qo‘qon-1912”  uchrashuvi 21 sentyabr kuni Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 29 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 9 tasida qo‘qonliklar zafar quchishgan, 13 ta bahsda jizzaxliklar qo‘li baland kelgan. Yettita uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati – 45-35, “So‘g‘diyona” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 34 ochkoni qo‘lga kiritgan. “So‘g‘diyona””ning ochkosi 46 tani tashkil etadi.

“So‘g‘diyona” maydonida o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv:
22.06.2019 «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 2:2
19.10.2018 «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 1:0
25.04.2018 «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 1:1
19.11.2017 «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 2:1
29.10.2016 «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 1:1

Hakamlar

Coca Cola Superligasi, 16-tur
21 sentyabr, dushanba
“So‘g‘diyona” - “Qo‘qon-1912”
Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Ahmad Ergashev
Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov
Komissar: Erkin Baxtiyorov

Boshlanish vaqtlari
“So‘g‘diyona” - "Qo‘qon-1912"  uchrashuvi, dushanba kuni Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” stadionida soat 17:00 da start oladi. Bugun kuni esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari U-21 birinchiligi 16 -turida maydonga tushishadi. Mazkur o‘yin “So‘g‘diyona” qarorgohidagi stadionida soat 16:30da boshlanadi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 07:55, 20.09.2020.
O'qildi: 1498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик