Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

OCHL. Bugun "Paxtakor" “SHabab Al Ahli”ga qarshi muhim o‘yinda maydonga tushadi

OCHL. Bugun "Paxtakor" “SHabab Al Ahli”ga qarshi muhim o‘yinda maydonga tushadi

Baho:
+ | -

Bugun “Paxtakor” Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turidan o‘rin olgan bahsda "Shabab Al Ahli"ga qarshi maydonga tushadi. 

  • “Sherlar” bu raqibga qarshi 7 uchrashuvda maydonga tushgan. Ulardan ikkitasi “Shabab” va to‘rttasi “Ahli”ga qarshi o‘tkazilgan. Mavsum boshida ayni paytdagi jamoaga qarshi o‘yin bo‘lib o‘tgan. Hozirgi jamoa ushbu klublar, shuningdek, “Dubay” jamoasi birlashuvidan tashkil topgan. “Shabab” bilan 1:0 va 1:2 hisoblari qayd etilgan. “Ahli” esa 3:2, 1:0, 2:1 va 2:0 hisoblarida dog‘da qoldirilgan. "Shabab Al Ahli" esa 2:1 hisobida mag‘lub etilgandi. Demak, umumiy hisobda 7 bahsdan 6tasida jamoamiz ustun kelgan. Raqib darvozasiga 12 to‘p kiritilib, 6 gol o‘tkazib yuborilgan.
  • O‘yinni jamoalardan diskvalifikasiya sababli o‘tkazib yuboradigan futbolchilar mavjud. "Paxtakor"dan Anzur Ismoilov, dubayliklardan Muhammad Marzuq va Volid Jaber sariq kartochkalar tufayli maydonga tushmaydi.
  • “V” guruhi ayni paytda "Paxtakor" 7 ochko bilan 2 o‘rinda bormoqda, "Shabab Al Ahli" hisobida esa 6 ochko bor va  dubayliklar 3-o‘rinni band etib turishibdi. Bugungi o‘yin har ikki jamoa uchun juda muhim sanaladi.

OCHL, 5-tur

"Shabab Al Ahli" – "Paxtakor"

Bosh hakam: Muhammad Taqi (Singapur)

Qanot hakamlari: Ronni Koh Min Kiyat, Abdul Hanan bin Abdul Hasim (ikkisi Singapurdan)

Zaxira hakami: Mohid Amirul Izvan bin Yakub (Malayziya)

Nazoratchi: Ismail Adnan Ismail Alhafi (Iordaniya)

Ma’lumot uchun, "Shabab Al Ahli" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

Kiritildi: 09:34, 20.09.2020.
O'qildi: 6614 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.