Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Shota Arveladze: «Gol ura olmadik, ammo umuman yaxshi o‘yin o‘tkazdik»

Shota Arveladze: «Gol ura olmadik, ammo umuman yaxshi o‘yin o‘tkazdik»

Baho:
+1 | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze "Shabab Al Ahli"ga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida qatnashishdi.

"O‘ylashimcha, bugun juda yaxshi o‘ynadik. Ha, gol ura olmadik, lekin umuman oladigan bo‘lsak ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Afsuski, o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Oxirgi 20 daqiqada gol urishimiz mumkin edi, bu futbol, bu Chempionlar Ligasi, bu yerda gol urish shart. Ortda qolgan 3 o‘yinda 8ta yaqqol golli vaziyat yaratdik, buni davom ettirishimiz va gol urishimiz kerak.

Agar siz gol urmasangiz, unda g‘alaba qozonolmaysiz. Bu to‘g‘rida oldin ham aytganman. Agar bahsni yutishni istasangiz raqibdan ko‘ra ko‘proq gol urishingiz kerak.

Albatta, dastlabki ikki o‘yin jismoniy holatga ta’sir qiladi, ruhiy muammolar. Bizda gol urish uchun imkoniyatlar yetarli bo‘ldi. Bu futbol, bu yerda sening zarbalaringni to‘sishi yoki qaytarishi mumkin bo‘lgan darvozabon va himoyachilar bor. Hamisha senga xalal beradigan kimdir topiladi. Yaqin masofadan zarbalar berish imkoni ham bo‘ldi, bu noaniq zarbalardan ko‘ra yaxshiroq. Bunday qisqa vaqtda o‘tadigan bahslarda muhim rol o‘ynaydigan jismoniy holatni ham qayd etib o‘tish mumkin. Muammolarni bilamiz va ularni to‘g‘rilash ustida ishlaymiz.

O‘yindan keyin Derdiyok bilan bir vaziyat haqida gaplashdik. Bir holatda chap qanotdan yerlatib pas uzatildi va u o‘sha to‘pga tashlanmadi. Men Erenga shunday dedim: "Kimdir to‘pga intilishi kerak, kimdir yugurishi va to‘pga teginib qo‘yishi va gol urishi kerak". Albatta, buni uning o‘zi ham biladi.

Biz guruhdan chiqish uchun keyingi, so‘ng esa undan keyingi o‘yinlarni yutishga harakat qilamiz", — dedi Arveladze.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 06:39, 21.09.2020.
O'qildi: 4100 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.