Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar (71-qism)

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar (71-qism)

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi tarixiy suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

1990 yil. «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan eng so‘nggi himoyachi 17 yoshida «Napoli» bilan shartnoma imzolagan.

Giggz o‘zining ilk katta sovrinini 15 yoshida qo‘lga kiritgan.

Janjalkash Vinni Jons Rud Gullitni «Mayib» qilish ilinjida.

Padolski «Galatasaray» avtobusidan o‘zib ketmoqchi ko‘rinadi…

1978 yilda bo‘lib JCH g‘olibi argentinalik yarim himoyachi Osvaldo Ardiles «Tottenhem» bilan shartnoma imzolaydi. Qahramonimiz Londondagi ilk mashg‘ulotdan so‘ng, mana shunday ahvolga tushib qolgan ekan. Chamamda, Osvaldo ilk mashg‘ulotlardan so‘ng, ortga qaytib ketish haqida o‘ylagan.

Nani o‘zining golni nishonlash odati sababli ko‘p bor Ser Aleksdan dakki eshitgan, ammo bu ishni takrorlashda davom etavergan. Balki, shu sababli uning faoliyati kutilganidek yorqin o‘tmagandir?!

Montalivo va Passini “Atalanta” sharafini himoya qilgan davrlardan esdalik. Keyinroq, bu yigitlar «Milan»da ham birga to‘p surishadi.

Andres Meller o‘z vaqtida Germaniya futbolining chinakam yetakchilaridan biri edi, ammo uni yangi avlod muxlislari deyarli tanimaydi.

Jorj Vea «oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish orqali tarixga kirishni uddaladi. Uning futbolchilik faoliyatidan aynan shu sovrin muxlislar uchun esdalik bo‘lib qoldi. Ayni damda, qahramonimiz Liberiya Prezidenti sanaladi.

1958 yil. Yosh Bobbi Charlton shifohonada. Angliya futboli afsonasi «Manchester Yunayted» futbolchilari bilan birgalikda Myunhen fojiasidan jabr chekadi. Tiklanish va yana maydonga qaytish uchun o‘zida kuch topgan Bobbi 1966 yildagi mundialda g‘alaba qozonadi.

Erik Kantona va uning «do‘sti»

1995 yil. 17 yoshli Raul «Real Madrid» safidagi o‘zining ilk sovrinini boshi uzra ko‘tarmoqda. Qahramonimiz «Betis» klubi muxlisi emas, bu shunchaki raqibga bo‘lgan hurmatning ramzi!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 05:20, 22.09.2020.
O'qildi: 5720 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.