Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Ferdinand: «Vudvord menga nisbatan nohaqlik qilgan edi»

Ferdinand: «Vudvord menga nisbatan nohaqlik qilgan edi»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» klubining sobiq sardori “High Performance Podcast ” ko‘rsatuvida o‘zining so‘nggi mavsumini xotirladi. Rio, so‘nggi so‘zini aytishga imkon bermagan Ed Vudvordan xafa ekanligini yashirib o‘tirmadi.

“Har bir futbolchi klubda qolish yoki ketish haqida fikr yuritishi turgan gap. «Manchester Yunayted» futbolchilari mavsumning so‘nggi uchrashuvida klubda qolishi yoki ketishi haqida Ed Vudvorddan sms oladi. Agar, Ed futbolchini jamoada olib qolishni istamasa, unga «Biz sizga yangi kontrakt taklif etmaymiz» qabilidagi nomani yuboradi. Yoki hech bo‘lmaganda yangi jamoa izlashingiz kerakligidan xabardor etadi. Eng qizig‘i shundaki, menga hech qanday sms kelmadi. Shu sababli jamoa bilan yana bir mavsum qolish haqida bosh qotirishni boshladim. «Manchester Yunayted»da to‘p surish men uchun sharaf. Bu lazzatli daqiqalarning ko‘proq davom etishini istar edim.

Mavsumning so‘nggi uchrashuvini «Sautgempton»ga qarshi o‘tkazdik. O‘yin yakunlangach, kiyinish xonasiga kirdim. Klub direktorlari mavsumdagi so‘nggi o‘yindan so‘ng, doimo kiyinish xonasiga kirishadi. Bu «qizil iblislar» uchun odat tusiga kirgan. Ular yigitlarga mavsum uchun minnatdorchilik bildirgancha tezda chiqib ketishadi. Ed Vudvord hammaga mavsum uchun tashakkur izhor etdi va mening oldimga kelib to‘xtadi. U bilan jilmayib so‘zlashdim. Shu payt kutilmaganda: « Meni eshit, Biz sening shartnomaning uzaytirmoqchi emasmiz. Klub uchun ko‘rsatgan xizmatlaring uchun rahmat. O‘zingga boshqa klub izlashing mumkin.»

Bu so‘zlarni eshitib, muzlab qoldim. Ichimda «vau» deb yubordim. Ochig‘i, juda g‘alati ahvolga tushib qoldim. Nahotki?!  U mening sevimli klub safidagi so‘nggi o‘yinim ekanligiga ishongim kelmadi. Muxlislar bilan xayrlashmaganim juda alam qildi. Boz ustiga, yana kamida bir mavsum to‘p surishni rejalashtirayotgan edim. Men bilan hech bo‘lmasa yordamchi murabbiy sifatida shartnoma imzolashadi deb o‘ylagan edim.

Achinarlisi shundaki, klub menga murabbiylik taklif etmadi. Hatto xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazish uchun ham imkon bermadi. Shunday bo‘lsada, muxlislarga so‘nggi so‘zimni aytib olishga muvaffaq bo‘ldim. Keyinroq hamma bilan xayrlashish uchun menda imkon bo‘lmadi. Bunga vaqtim yo‘q edi. O‘ylashimcha, Angliyaning eng kuchli klubi o‘z faxriylari bilan bunday xayrlashmasligi kerak. Bu singari vaziyatni takrorlanishini istamayman.”

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 06:45, 22.09.2020.
O'qildi: 4555 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.