Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ulug‘bek Baqoyev: «Tezkor gol ishimizni osonlashtirdi»

Ulug‘bek Baqoyev: «Tezkor gol ishimizni osonlashtirdi»

Baho:
+ | -

Superliganing 16-tur doirasida o‘tkazilgan «Sug‘diyona» va «Qo‘qon-1912» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bugun tartibli o‘yin namoyish etadigan, tajribali futbolchilarga ega «Qo‘qon-1912» jamoasiga qarshi maydonga chiqdik. O‘yinga har doimgidek tayyorgarlik ko‘rdik, tezkor gol ishimizni osonlashtirdi. Bo‘lim so‘nggida farqni ikkitaga oshirdik. Ikkinchi bo‘limda himoyada o‘ynadik, o‘ylaganlarimiz amalga oshdi. Futbolchilarimga chiroyli o‘yin uchun minnatdorchilik bildirib qolaman. Ularga e’tirozim yo‘q.

Har bir jamoa gol urishni, g‘alaba qozonishni istaydi. Raqib kuchli ekanligini bilardik, 2:0dan keyin qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qildik.

Emosiyalar o‘yinda bo‘lib turadigan holat, bunga ortiqcha e’tibor qilish shart emas. Buni futbol deydi. O‘yin paytida hissiyotlar bo‘lishi tabiiy holat.

Tarkibimizda 22 nafar futbolchi bor. Mavsum davomida har bir futbolchiga o‘ynashga imkoniyat bermoqdamiz. Shahbozni o‘ng qanot himoyasida o‘ynatdik, ikkinchi bo‘limda taktikani o‘zgartirdik. Raqib standart vaziyatlarda xavfli edi. O‘tgan turda AGMK bilan og‘ir uchrashuv o‘tkazdik, ko‘rgan bo‘lsangiz ko‘p kuch yo‘qotildi. Kim tayyor bo‘lsa o‘shani maydonga tushurdim”, — dedi Baqoyev.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 07:39, 22.09.2020.
O'qildi: 2054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.